Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
95.214.211.180 (munozara) tomonidan qilingan 3320606-sonli tahrir qaytarildi
Teg: Bekor qilindi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 21:
Shaharlararo musobaqalar soni anchagina ortdi, bu esa turli texnik usullarning paydo boʻlishiga, voleybol taktikasining rivojlanishiga, oʻyinchilar jismoniy tayyorgarligining oʻsishiga olib keldi. SHu davrda oʻyinchilar maydonga toʻpni kuch bilan kiritish, aldov zarbalari usullarini keng qoʻllay boshladilar, uzatish texnikasiga eʼtibor berdilar, himoyaning ahamiyati ortib oʻyin tezkor, shiddatli boʻla boshladi, natijada oʻyinchilarning harakatchanligiga talab oshdi.
 
1931-yilda BLKEI tashabbusi biln mamlakatimizga jismoniy tarbiyaning asosi boʻlgan „Mehnat va mudofaaga tayyor“ Butunittifoq kompleksi taʼsir etildi. Bu tadbir voleybolchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini yuksaltirishgagina emas, balki yoshlarni voleybol mashgʻulotlariga jalb etishga ham imkoniyat yaratdi. Voleybolning ommaviy rivojlanishi va keng targʻib qilinishida koʻpgina madaniyat va istirohat bogʻlarining maydonchalarida oʻtkazilgan musobaqalar katta ahamiyatga ega edi. Moskvadagi markaziy madaniyat va istirohat bogʻining 20 ta maydonchasi atrofida tomoshabinlar yigʻiladilar. Oʻtkazilayotgan oʻyinlar faqat moskvaliklar uchun emas, balki chet ellik mehmonlar uchun ham yaxshigina maktab edi. SHuning uchun 30-yillarda Germaniyada „Voleybol — rus halqxalq oʻyini“ deb nomlangan voleybol boʻyicha musobaqa qoidalari kitobcha holida chop etildi.
 
Turli shaharlarning eng kuchli jamoalari orasida birinchiliklar oʻtkazib turildi. 1931-yilda Xarkovda Moskva, Dnepropetrovsk va maydon egalarining erkak va ayollar jamoalari uchrashdilar. Moskvalik ayollar gʻolib chiqdilar, har uchchala erkaklar jamoasi bittadan magʻlubiyat va gʻalabaga ega boʻldilar. Bu uchrashuvlar „tez surʻatli“ oʻyinning ahamiyati ancha ortganligini taʼkidladi.