Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
{{stub → {{chala (xato haqida xabar berish)
k (via JWB)
Qator 17:
Hozirgi davrda F. jamiyat taraqqiyotini olgʻa siljituvchi kuch va vosita boʻlib qolayotganligini kuzatish mumkin. Xalq va millat dunyoqarashini shakllantirish, taʼlimtarbiya, axloq normalarini vujudga keltirish, maʼnaviy barkamol insonni tarbiyalashda F. alohida oʻrin tutmoqda.
 
Mustaqillik sharoiti Uzbekistonda F.ning rivojiga katta ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Avvalo, F.imiz strukturasi keskin oʻzgardi: maʼnaviy F.lar hisoblanuvchi tasavvuf ilmi tiklandi, hadis bilimlariga yoʻl ochildi, binobarin, ziyolilarimiz, talabalarning ruhiy dunyosi ancha boyidi, yangi oliy oʻquv yurtlari, un-tlaruniversitetlar tashkil qilindi; ilm ahli chet eldagi olimlar bilan mustah.kam ijodiy aloqalar oʻrnatdi. Buning natijasida tabiat va texnikatexnologiya haqidagi F.larimiz xam jahon andozasi darajasiga koʻtarila boshladi. Olimlarimiz ilmfanning dolzarb sohalarida tadqiqotlar olib borishga kirishdilar. Tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni matematik modellash, informatika va hisoblash texnikasi qamda ehtimollar nazariyasi sohasidagi, geologik jarayonlarning qonuniyatlarni, molekulyargenetik, genhujayra sohasidagi, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, paxta seleksiyachiligidagi, moddalarning kompleks fizikaviykimyoviy xossalarini oʻrganish bilan bogʻliq, energiyaning noanʼanaviy turlarini yaratish — Quyosh energiyasini kompleks va samarali suratda boshqa turdagi energiyaga aylantirish borasidagi tadqiqotlar ana shular jumlasidandir.
 
Omonulla Fayzullayev.