Qadimgi turkiy yozuvi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v2: Umumiy tuzatmalar
Qator 7:
Mazkur yozuv, arab yozuvi singari, oʻngdan chapga qarab yozilgan va oʻqilgan. Urxun-Yenisey yozuvi 38 belgi (harf)dan iborat boʻlib, fonetik yozuv tizimiga kiradi. Har bir tovush yoki tovushlar birikmasi maxsus harflar bilan ifodalanib, bir-biriga ulanmay, yakka-yakka yozilgan. Koʻp hollarda (asosan, soʻz boshida va oʻrtasida) unli harflar yozilmagan. Urxun-Yenisey yozuvida tinish belgilari ishlatilmagan. Soʻzlar, baʼzan morfema yoki soʻz birikmalarini birbiridan ajratish uchun ular oʻrtasiga ikki nuqta (:) qoʻyilgan, shartli ravishda u "ayirgʻich" deb nomlangan. Urxun-Yenisey yozuvining Lena-Baykalboʻyi, Yenisey, Moʻgʻul, Oltoy, Sharqiy Turkiston, Oʻrta Osiyo, Sharqiy Yevropa kabi guruhlari aniqlan. UrxunYenisey yozuvidan namunalar. gan. Urxun-Yenisey yozuvi yo. ni tekshirish va oʻrganishda V. Tomsen, V.V. Radlov, P.M. Melioranskiy, A.A. Polovsev, G. Geykel, SE. Malov, L.N. Gumilyov, D. Nemet kabi rus va yevropalik olimlarning xizmatlari katta. Oʻzbek olimlaridan akademik Gʻ. Abdurahmonov va A. Rustamov, professor N. Rahmonovlar ham Urxun-Yenisey yozuvini oʻrganib, muayyan tadqiqotlarni amalga oshirganlar. Ushbu yodgorliklarni tadqiq etish hozirgi kunda ham davom etmoqda. Urxun-Yenisey yozuviga xos ayrim leksik birlik va grammatik shakllar hozirgi uzbek, uygʻur, ozarbayjon, qirgʻiz, qozoq, turkman, qoraqalpoq, tatar, boshqird, qorachoy, bolqor va boshqa turkiy tillarda uchraydi. Urxun-Yenisey yozuviyo. turkiy tillar tarixi, madaniyati, etnografiyasi, til va yozuvlari tarixini oʻrganishda qimmatli manba boʻlib xizmat qiladi.
 
== Yana q.qarang ==
 
* [[Praturk tili]]
* [[Qadimgi turkiy tillar]]
 
== AdabiyotAdabiyotlar ==
* Malov S.Ye., Pamyatniki drevnetyurkskoy pismennosti, M., — L., 1951; Malov S.Ye., Yeniseyskaya pismennost tyurkov, M., —L., 1952;Aydarov G., Yazik orxonskogo pamyatnika BilgeKagana, Almaata, 1966; Klyashtorniy S.G., Drevnetyurkskiye runicheskiye pamyatniki kak istochnik po istorii Sredney Azii, M., 1964; Abdurahmonov F., Rustamov A., Qadimgi turkiy til, T., 1982.