Saidahmad Siddiqiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Uzgen bot (munozara | hissa)
k Robot: Changing Category:O`zbekiston: Shoir va Yozuvchilar
Tahrir izohi yoʻq
Qator 2:
(1864-1927)
Milliy uyg`onish davrining yirik vakillaridan biri, shoir.
Saidahmad Siddiqiy — Ajziy 1864-yil Samarqand viloyatining Jomboy tumani Halvoyi qishlog`ida hunarmand oilasida tavallud topdi. Yoshligida otasi vafot etib,'bobosi qo`lida voyaga yetdi. Yangasi qo`lida savod chiqardi. Keyin Samarqand va Buxoro madrasalarida tahsilni davom ettirdi. Sharq klassik adabiyotini qunt bilan о'rganadi, arab, fors, ozarbayjon va keyinchalik rus tilini о'zlashtiradi.
1880-yillardan о'zi ham ап'anaviy usuldagi she'rlar mashq qila boshladi. Biroq zamonasining buyuk kishilaridan biri sifatida е'tirof etilishiga uning ma'rifatchilik faoliyati ча ijodi sababdir.
1901-yil haj safariga otlanadi. Bir qator Sharq mamlakatlarida bо'lib, islom dunyosidagi yangiliklar bilan tanishadi, bir necha muddat Jiddada Rusiya elchixonasida tilmochlik qiladi. So`ng Moskva, Peterburg shaharlarini aylanib, Tiflisga о'tadi. Nihoyat Samarqandga qaytib, 1903-yil Halvoyi qishlog`ida yangi maktab ochadi.
Shoir keyingi butun hayotini ana shu muqaddas ishga sarf etdi. 0'zi ochgan maktabda tabiiy fanlar, arab hamda rus tillaridan saboq berdi, darsliklar tuzdi. Siddiqiy vaqtli matbuot nashrlarida ham faol ishtirok etdi. Vatan, ilm-ma'rifatga bag`ishlangan maqolalari bilan Qozon, Orenburg va Kavkazdagi nashrlarda ham qatnashdi. 1914-yili о'z tashabbusi bilan "Zarafshon" nomli kutubxona ochdi. 1910-yillarda shoir "Ayn ul-adab" ("Adab ko`zi") vа "Ganjinayi hikmat" ("Hikmatlar xazinasi") nomli o`zbek va tojik tillaridagi ikki she'riy to`plamini hamda "Mir'oti ibrat" ("Ibrat oynasi"), "Anjumani arvoh" ("Ruhlar yig`ini") nomli dostonlarini yaratdi.
Siddiqiy 1917-yili "Ittifoq" tashkiloti tomonidan shahar dumasiga vakil qilib saylandi. Samarqand musulmon sho`rosining rais muovini, viloyat adliya noziri Ьо'lib ishlaydi. Lekin u 1921-yildan barcha rasmiy ishlardan voz kechib, qishlog`ida, о'zi ochgan maktabda muallimlikni davom ettiradi.
1926-yili qattiq kasallanib, 1927-yilning iyul oyida Samarqandda vafot etadi.