Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[File:Makkah (Mecca) (2).jpg|thumb| Makka shahri]]
'''Makka'''({{lang-ar|مكّة المكرمة‎}} ''Makkah Al-Mukarramah'') - musulmonlarning muqaddas shahri. Saudiya Arabistonining gʻarbida, Qizil dengiz sohilidan 80 km uzoqlikda togʻlar orasida joylashgan bu shaharni arablar Umm ul-Qurro, Umm ul-Madoin, yaʻni shaharlar onasi deb yuritadilar. Qurʻonda "Bakka" nomi bilan kelgan. U Hijozning maʻmuriy va savdo markazi, musulmonlar haj qiladigan - musulmonchilikning beshinchi ahkomi bajariladigan joy. Qurʻoni karim 114 surasining 86 tasi Makkada nozil boʻlgan. M.da Kaʻba bilan bosh masjid - Harom masjidi bor. Makka - islom dinining Muhammad paygʻambari (sav)ning vatanlari, arablarning qadimgi
ziyoratgohi. Musulmon rivoyatlariga koʻra, Makkada Odamato va [[Momohavo]] hamda [[Shis alayhis-salom|Shis]], [[Ibrohim alayhis-salom|Ibrohim]], [[Ismoil alayhis-salom|Ismoil]] va [[Hojar]] yashaganlar. Makka sh.ga qachon asos solingani maʻlum emas.
[[File:mecca-1850.jpg|thumb|right|Makka 1850 yil]]
 
[[File:Makkah-1910.jpg|thumb|Makka 1910 yil]]
Ilk bor [[Zamzam bulogʻi]] tevaragida aholi yashash maskanlari paydo boʻlgani haqida
maʻlumot bor. [[Islom]]ga qadar Makka [[majusiy dini|majusiy]] [[arab qabilalari]]ning diniy hamda Sharq bilan [[Oʻrta dengiz]] boʻyidagi davlatlar oʻrtasidagi muhim savdo markazi boʻlgan. Islom vujudga kelishidan koʻp asrlar ilgari Makkadagi [[Kaʻba ibodatxonasi]] arab qabilalarining