Ahmad Yassaviy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k ishoratlar -> havolalar
Xqbot (munozara | hissa)
k r2.7.3) (Bot Oʻchirdi: ru:Ахмед Ясави; cosmetic changes
Qator 2:
'''Ahmad Yassaviy''' ( — 1166-67) Ilk [[turk]] mutasavvifi, [[yassaviylik]] (jahriylik) tariqatining asoschisi, orifona sheʼriyat boshlovchisi.

== Hayot yoʻli ==
XI-asrning soʻngida Sayram qishlogʻida (Hozirgi Qozogʻiston territoriyasi)[[Shayx Ibrohim]] oilasida tugʻilgan. [[Shayx Arslonbob]]dan taʼlim olgan. [[Buxoro]]da [[Yusuf Hamadoniy]]ga uchinchi xalfa boʻlgan, shayxlikni [[Hamadoniy]]ning toʻrtinchi xalfasi [[Abduxoliq Gʻijduvoniy]]ga topshirib, [[Yassi]]ga qaytgan. Oltmish uch yoshida chillaxona qazdirib, «buyuk turk piri olamdan etakni silkkan» ([[Alisher Navoiy]]).

Qator 13:
Qabri [[Qozogʻiston]]ning [[Turkiston]] shahrida, 14 asrda [[Amir Temur]] tomonidan taʼmirlangan. [[Turkiston]]da [[Ahmad Yassaviy Nomidagi Turk-Qozoq Universiteti|Ahmad Yassaviy nomidagi turk-qozoq universiteti]] mavjud.

== Sheʼrlar ==
{{she'r|Matn=
=== Hikmat ===

Bismilloh deb bayon aylay hikmat aytib,

Toliblargʻa durru gavhar sochtim mano.

Riyozatni qottigʻ tortib, qonlar yutub,

Men daftari soniy soʻzin ochtim mano.

Soʻzni aydim harkim boʻlsa diydor talab,

Jonni jongʻa payvand qilib, ragni ulab,

Gʻarib, yetim, faqirlarni koʻnglin siylab,

Koʻngli butun xaloyiqdin qochtim mano.

Qayda koʻrsang, koʻngli sinuq marham boʻlgʻil,

Andogʻ mazlum yoʻlda qolsa, hamdam boʻlgʻil.

Roʻzi mahshar dargogiga mahram boʻlgʻil,

Movumanlik xaloyiqdin qochtin mano.

Gʻarib, faqir, yetimlarni R a s u l soʻrdi,

Oʻshal tuni Meʼroj chiqib diydor koʻrdi,

Qaytib tushub gʻarib, faqir holing soʻrdi,

Gʻariblarni izin izlab tushtum mano.

Ummat boʻlsang, gʻariblargʻa tobeʼ boʻlgʻil,

Oyat, hadis har kim aytsa, someʼ boʻlgʻil,

Rizqu roʻzi harna bersa, qoneʼ boʻlgʻil,

Qoneʼ boʻlub, shavq sharobin ichtim mano.

Madinaga R a s u l borib, boʻldi gʻarib,

Gʻaribligʻda mehnat tortib, boʻldi habib,

Jafo tortib, yaratqangʻa boʻldi qarib,

Gʻarib boʻlub, uqbolardin oshtim mano.

Oqil ersang, gʻariblarni koʻnglin ovla,

Mustafodek elni kezib, yetim kovla,

Dunyoparast, nojinslardin boʻyun tovla,

Boʻyun tovlab, daryo boʻlub toshtim mano.

Ishq bobini Mavlom ochqach menga tegdi,

Tufroq qilib, hozir boʻl, deb boʻynum egdi,

Boron sifat malomatni oʻqi tegdi,

Paykon olib, yurak-bagʻrim teshtim mano.

Koʻnglum qottigʻ, tilim achchigʻ, oʻzum zolim,

Qur’on oʻqub amal qilmay, yolgʻon olim,

Gʻarib jonim sarf aylayin, yoʻqtur molim,

Haqdin qoʻrqub, oʻtga tushmay, pishtim mano.

Oltmish uchga yoshim yetti, oʻttum gʻofil,

Haq amrini mahkam tutmay, oʻzum johil,

Roʻza, namoz qazo qilib, boʻldum kohil,

Yomon izlab, yaxshilardin kechtim mano.

Vo darigʻo, muhabbatni jomin ichmay,

Ahli ayol, xonumondin tugal kechmay,

Jurmu isyon girihlarin munda chechmay,

Shayton gʻolib, jon berarda shoshtim mano.

Imonima changal urub, qildi gʻamnok,

Piri mugʻon hozir boʻl, deb sochti taryok,

Shayton laʼin mendin qochib ketti bepok,

Bihamdilloh, nuri imon ochtim mano.

Piri mugʻon xizmatida yugrub yurdum,

Xizmat qilib, koʻzim yummay hozir turdum,

Madad qildi, Azozilni qavlab surdum,

Ondin soʻngra qanot qoqib uchtim mano.

Gʻarib, faqir, yetimlarni qilgin shodmon,

Halqalar qilib aziz joning ayla qurbon,

Taom tobsang, joning birla qilgil mehmon,

Haqdin eshtib bu soʻzlarni aydim mano.

Gʻarib, faqir, yetimlarni har kim soʻrar -

Rozi boʻlur ul bandadin parvardigor,

Ey bexabar, sen bir sabab, oʻzi asror,

Haq Mustafo pandin eshtib, aydim mano.

Yeti yoshda Arslonbobgʻa qildim salom:

«Haq Mustafo amonatin qiling inʼom»,

Oʻshal vaqtda ming bir zikrin qildim tamom,

Nafsim oʻlub, lomakongʻa oshtim mano.

Hurmo berib, boshim silab, nazar qildi,

Bir fursatda uqbo sari safar qildi,

Alvido, deb bu olamdin guzar qildi,

Maktab borib, qaynab, joʻshub-toshtim mano.

«Inno fatahno»no oʻqub, maʼno soʻrdum,

Partav soldi, bexud boʻlub, diydor koʻrdum,

Mullom urub, «uskut» dedi, boqib turdum,

Yoshim sochib, muztar boʻlub turdim mano.

Ayo nodon, maʼno bul, deb aydi, bildim,

Ondin soʻngra choʻllar kezib, haqni suydum,

Roʻzi qildi, Azozilni tutub mindim,

Langar tugub, belin bosib yanchtim mano.

Zikrin tamom qilib, oʻttum devonaga,

Haqdin oʻzga hech soʻzlamay begonaga,

Sham’in izlab, shogird kirdim parvonaga,

Axgar boʻlub, kuyub-yonib oʻchtim mano.

Nomu nishon hech qolmadi, lo-lo boʻldum,

Alloh yodin oyta-oyta illo boʻldum,

Xolis boʻlub, muxlis boʻlub, lilloh boʻldum,

«Fano filloh» maqomigʻa oshtim mano.

Sunnat ermish, kofir boʻlsa, berma ozor,

Koʻngli qottigʻ, dil ozordin Xudo bezor,

Alloh haqi, ondogʻ qulgʻa sijjin tayyor,

Donolardin eshitib, bu soʻz aydim mano.

Sunnatlarin mahkam tutub, ummat boʻldim,

Yer ostiga yolgʻiz kirib, nurgʻa toʻldum,

Haqparastlar maqomigʻa mahram boʻldum,

Botin tigʻi birla nafsni yanchtim mano.

Nafsim meni yoʻldun urub, xor ayladi,

Termulturub xaloyiqgʻa zor ayladi,

Zikr ayturmay, shayton birla yor ayladi,

Hozirsen, deb nafs boshini sonchtim mano.

Qul Xoja Ahmad, gʻaflat bila umrung oʻtti,

Vo hasrato, koʻzdin, tizdin quvvat ketti,

Vo vaylato, nadomatni vaqti yeti,

Amal qilmay, karvon boʻlub koʻchtim mano.}}

== Nashr qilingan manbalar ==
Ahmad Yassaviy. Hikmatlar (nashrga tayyorl. I Haqqul. — T.: 1991).

Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat (nashrga tayyorl. A.Abdushukurov). — T.:1992.

Oʻzbek adabiyoti namunalari (tuz. prof. Fitrat). — T.: 1928;

Ahmad Yassaviyning yangi topilgan hikmatlari. «Jahon adabiyoti» jurn. 2002, № 10.

==Ilmiy adabiyot==
Fitrat. Ahmad Yassaviy. «Tanlangan asarlar» (nashrga tayyorl.H.Boltaboev). 2-jild. — T.: Maʼnaviyat, 2000;

A.Saʼdiy. Yassaviy kim edi? (nashrga tayyorl. B. Doʻstqoraev) -T.: 1994.

E. Rustamov. Ahmad Yassaviy hikmatlarida tarix va hayot sadosi. «Oʻzbek tili va adabiyoti» jurn. 1972, № 4-5;

I.Haqqul. Ahmad Yassaviy. Hayoti va ijod yoʻli. — T.: 2001.

N.Hasanov. Turkiyada yassaviyshunoslik. -T.:1999.

== Ilmiy adabiyot ==
Fitrat. Ahmad Yassaviy. «Tanlangan asarlar» (nashrga tayyorl.H.Boltaboev). 2-jild. — T.: Maʼnaviyat, 2000;

A.Saʼdiy. Yassaviy kim edi? (nashrga tayyorl. B. Doʻstqoraev) -T.: 1994.

E. Rustamov. Ahmad Yassaviy hikmatlarida tarix va hayot sadosi. «Oʻzbek tili va adabiyoti» jurn. 1972, № 4-5;

I.Haqqul. Ahmad Yassaviy. Hayoti va ijod yoʻli. — T.: 2001.

N.Hasanov. Turkiyada yassaviyshunoslik. -T.:1999.

[[Turkum:Oʻzbekiston: Shoir va Yozuvchilar]]
Qator 169 ⟶ 167:
[[kk:Қожа Ахмет Йасауи]]
[[pl:Chodża Ahmad Jasawi]]
[[ru:Ясави, Ахмед Ясави]]
[[tr:Ahmet Yesevi]]
[[ug:خوجا ئەھمەد يەسەۋى]]