Antonio Vivaldi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 11:
'''Antonio Lucio Vivaldi''' (4-mart 1678 – 28-iyul 1741) [[Italiya|italyan]] bastakori, ruhoniyi va [[skripka]]chisi boʻlgan. [[Barokko]] musiqasi bastalovchilaridan biri sifatida hayotlik paytidayoq butun Yevropaga tanilishga ulgurgan. Vivaldi asosan cholgʻu konsertlari va 40 dan oshiq [[opera]] ijod qilgan, shuningdek [[xor]] uchun ham asarlar yozgan. Uning eng mashhur ishi skripka uchun bastalangan ''[[Toʻrt mavsum]]'' konsertidir.
 
Kompozitsiyalarining aksariyatini 1703—1715 va 1723—1740-yillarda oʻzi ishlagan ''Ospedale della Pietà'' yetimxonasi ham musiqiy maktabi ayollar ansambli uchun tayyorlagan. Vivaldi, shuningdek, operalarini Venetsiya, Mantuya va Venada qoʻyib tanilgan. [[Karl VI (Muqaddas Rim imperatori)|imperatorImperator Karl VI]]'ni uchratib, Vivaldi Venaga koʻchib oʻtgan. Imperator Vivaldi kelishidan biroz oʻtib qazo qilgan, bastakor esa daromad manbaisiz qolib, qashshoqlikda vafot etgan.
 
Vivaldi musiqasi u hayot chogʻida ijobiy qabul qilingan boʻlsa-da, keyinchalik uning asarlari unutila boshlandi. Bu holat XX asr birinchi yarmida Vivaldi shuhrati qayta yuksalishi bilan chappasiga oʻzgardi. Bugun Vivaldi barokko bastakorlari orasida eng tanilganlari va ommaviylaridan biridir.