Shimoliy Muz okeani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
DastyorBot (munozara | hissa)
k fix
Qator 28:
| benches = <!--tubidagi qiyaliklar-->
}}
 
 
'''Shimoliy muz okeani''' - Yer yuzidagi okeanlar orasida eng kichigi. U avvallari Shimoliy Qutbiy dengiz, Shimoliy Muz dengizi deb ham yuritilgan. Okean [[Yevropa]], [[Osiyo]] va [[Shimoliy Amerika]]ning shimoliy qirg‘oqlari oralig‘ida joylashgan. Ushbu ummon bo'g'ozlar orqali [[Atlantika okeani|Atlantika]] va [[Tinch okeani|Tinch okeanlari]] bilan tutashgan. U [[Dunyo okeani]]ning 2,8 foizini tashkil etadi. Maydoni — 14,75 million kvadrat kilometr. Suv hajmi — 17 million kub kilometr. O‘rtacha chuqurligi — 1220 metr. Eng chuqur joyi — 5527 metr ([[Grenlandiya dengizi]]ning shimoli-sharqiy qismi) Shimoliy muz okeani orollar soni bo‘yicha Tinch okeanidan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallaydi. Eng yirik orol va arxipelaglari: [[Kanada Arktika arxipelagi]], [[Grenlandiya]], [[Shpitsbergen]], Franss-Iosif Yeri, Yangi Yer, Shimoliy Yer, Novosibirsk, Vrangel. Ushbu okean mustaqil ummon sifatida [[1650|1650-yilda]] golland geografi B.Varenius tomonidan ajratilgan va o'sha davrda Giperborey okeani deb atalgan. [[1845|1845-yilda]] uni London geografiya jamiyati Shimoliy Muz okeani deb atadi.