Andoza:Tanlangan maqola: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[File:Azadi Monument.jpg|nothumb|120px|right|Ozodi monumenti]]
'''[[Tehron]]''' ({{lang-fa|تهران}}) [[Eron]]ning poytaxti, [[Osiyo|Osiyodagi]] eng katta shaharlardan biridir. Shahar atrofi (Katta Tehron) aholisini qoʻshganda Tehron aholisining soni rasmiy maʼlumot boʻyicha 13 million, norasmiy maʼlumotga koʻra 16 milliondir. Aholisi soni boʻyicha Tehron jahonda 21-oʻrinda. Tehron Eronning siyosiy, iqtisodiy, transport, savdo va [[madaniyat|madaniy]] markazidir. Tehron Eronning shimolidagi [[Elburs]] togʻining etagida, [[Kaspiy dengizi|Kaspiy]] qirgʻogʻidan 90 km uzoqlikda joylashgan. Shahar gʻarbdan-sharqgacha togʻ yonbagʻri boʻyi bilan 40-50 kilometrga choʻziladi. Tehronning shimoliy tumani (Shemiran) dengiz sathidan 2000 metr balandlikda joylashdan. Shahrning janubiy atrofi (Rey, Sultonobod) Kavir toshloq [[Choʻl|choʻliga]] yaqin. Tehron Eronning avtomobil, elektronika, harbiy qurol-aslaha, yengil sanoat, qand, sement va kimyo sohalarining markazi hisoblanadi. Shu bilan birga shahar mato va gilamlari bilan ham mashhur. XX asrda davlatning boshqa hududlaridan Tehron shahriga xalqlar ommaviy koʻchib kelishi keng avj oldi. Mahalliy aholisi [[forslar]] boʻlganligi sababli, Tehron aholisining 98 foizi [[Fors tili|fors tilida]], qolgan 2 foizi [[arab tili|arab]], [[ozarbayjon tili|ozarbayjon]], [[arman tili|arman]], [[kurdva tili|kurd]]boshqa tillaridatillarda gaplashadi. ('''[[Tehron|Davomi...]]''')
<noinclude>:[[Vikipediya:Tanlangan maqolalar|Arxiv]]
[[Turkum:Vikipediya:Tanlangan maqolalar]]</noinclude>