Anapa — Rossiya Federatsiyasi Krasnodar oʻlkasidagi shahar (1846-yildan), Qora dengiz sohilidagi bolalar iqlimiy va shifo-baxsh balchiq bilan davolovchi kurort. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 56,7 ming kishi (1992). Iqlimi iliq. Yillik oʻrtacha temperatura 11,6°, yozi issiq. Shahar atrofida tokchilik rivojlangan. A.da qishloq xoʻjaligi texnikumi, 468oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalaridan yigiruv-toʻquv fabrikasi, oʻlkashunoslik muzeyi, sanatoriylar, dam olish uylari, ona va bolalar pansionatlari bor. Miloddan avvalgi 4-3-asrlarda A. oʻrnida — Gorgip-piya antik shahri boʻlgan. A.arxeologik qazishlar oʻtkazilgan joy — ochiq osmon ostidagi muzey.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil