Androgenlar — erkaklar jin-siy bezi gormonlari (testosteron, an-drosteron va androstenolon); moyak toʻqimasida sintezlanadigan erkaklar gormonlari turkumini va bir qator kamroq faoliyatga ega buyrak usti bezi poʻst qavati mahsulotlarini oʻz ichiga oladi. Bu turkumga kiradigan 30dan ortiq tabiiy birikmalar kashf etilgan. A. sperma, qon va siydiqda boʻladi, erka-klar ikkilamchi jinsiy belgilarining rivojlanishini taʼminlaydi. Jinsga xos taʼsirdan tashqari, A. organizm me-tabolizmiga anabolik naf koʻrsatadi, oqsillar sintezini kuchaytiradi, orga-nizmda azot ushlanishini oshiradi. Tib-biyotda jinsiy faoliyat buzilganda va klimakteriya dav-rida qoʻllaniladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil