Antotsianinlar — kislorodli rangdor geterotsiklik birikmalar (an-totsianidinlar)ning glikozidlari. A. oʻsimliklar tanasi, guli va mevasiga har xil rang berib turadi. Oʻsimlik rangi faqat A.ga emas, balki oʻsimlik hujay-ralaridagi suyuklik miqdoriga hamda A.ning qanday metall bilan birikkanli-giga ham bogʻliq. Masalan, A.ning temir bilan hosil qilgan birikmasi qizil, molib-den bilan koʻk va pushti, nikel yoki mis bilan esa oq boʻladi. A. kislotalar bilan qoʻshib qaynatilganda (yoki fermentlar taʼsiri-da) shakarga va antotsianidinlarga ajra-ladi. A.ning shakar qismi, koʻpincha, glyu-koza, ramnoza, galaktoza boʻlishi mumkin.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil