Aynlar – Xokkaydo o. (Yaponiya)da yashaydigan xalq; umumiy soni 20 mingga yaqin (1992). 2002-yilgi ma'lumotlarga ko'ra 25 ming. Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra 200 minggacha boradi. Ayn tilida soʻzlashadi. Baliqchilik va dehqonchilik bilan shugʻullanadi. A. lar xristianlikning proloslav oqimi, buddizm, sintoizm, animizm dinlariga sig'inishadi.

Til tahrir

Ko'pgina tadqiqotlarda ayn tili bilan yapon tili bir biriga yaqinligi ko'rsatishga harakat qilinsa-da, tilshunoslar tomonidan ayn tili izolatsiyalangan til sifatida tasniflanadi. Mahalliy yozuv bo'lmagani bois katakana va lotin alifbosidan foydalanishadi.

Din tahrir

Ayn xalqining qadimiy e'tiqolariga ko'ra tabiatdagi har bir narsaning ichida kamuy(ruh yoki xudo) bor. Bunday qarash animizmga yaqin turadi. Ayn dinida olamning yaratuvchisi Kotan-kar-kamuy hisoblanadi. Shuningdek, dengiz xayvonlari xudosi Repin kamuy, tog'lar va ayiqlar xudosi Kim-un-kamuy, o'choq mabudasi Kamuy-husi e'tiqodda muhim ahamiyat kasb etgan. Ayn dinida ruhoniylar mavjud emas. Diniy marosimlarni qishloq oqsoqoli o'tkazadi. Aynlar ovqatlanishdan oldin Xudolarga minnandorchilik bildirishgan va kasal bo'lishganda olov xudosidan madad so'rashgan. 2012-yilda o'tkazilgan so'rovga ko'ra aynlar asosan buddizmga e'tiqod qilishadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil