Koventri — Buyuk Britaniyadagi shahar, Angliyada. Aholisi 302 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Mamlakatning muhim mashinasozlik (avtomobilsozlik, samolyotsozlik, stanoksozlik, elektrotexnika, radioelektronika) markazi. Rangli metallurgiya, kimyo (sunʼiy tola ishlab chiqarish) sanoati korxonalari, universitet bor.

Shahar 1043 i. qurilgan monastir atrofida bunyodga kelgan. 13—17-yillarda savdo va hunarmandchilikning muhim markazi boʻlgan. K. ikkinchi jahon urushi vaqtida nemis fashistlari tomonidan vayron qilingan. 1946-yildan boshlab qayta tiklangan. 14-asrda qurilgan gotika sobori vayronalari fashizm yovuzligi xotirasi sifatida saqlab qoʻyilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil