Dandariylar — mil. av. 1-ming yillikda Kubanning quyi havzasi va Azov dengizining jan.-sharqiy qirgʻogʻida yashovchi meot qabilalari guruhining eroniycha nomi. Dastlab Gekatey (mil. av. 6-asr), keyin Strabon, Plutarx tomonidan aytib oʻtilgan. Grek yozuvlaridan ham maʼlum. Mil. av. 4-asrdan Bospor podsholigi tarkibida. D.ning markazi — Coca sh. D. jasur yoʻlboshchilari Olfak boshchiligida Mitridatning Rimga qarshi kurashida (mil. av. 74—63) uni qoʻllabquvvatlashgan. D. ning keyingi taqdiri nomaʼlum. Sarmatlar bilan aralashib ketgan boʻlishlari ehtimoldan xoli emas.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil