Dehli sultonligi — Hindistondagi davlat (1206—1526). Poytaxti — Dexli sh. Gʻuriylar davlati tomonidan 12-asr oxirida Shim. Hindiston bosib olingach, barpo etilgan; Muhammad Gʻuriyning Hindistondagi noibi Qutbiddin Oyboq oʻzini sulton deb eʼlon qilgan. D. s.dagi musulmon amaldorlar hukmron mavqega ega boʻlishgan. Boburiylar tomonidan zabt etilgan.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil