Dilshod Oripov
Dilshod Oripov (1977.20.7, Toshkent) — yunon-rum kurashi boʻyicha xalqaro miqyosdagi sport ustasi (1997), „Oʻzbekiston iftixori“ (2001). Toshkentdagi Respublika olimpiya oʻrinbosarlari bilim yurtini tugatgan (1994). O. Oʻzbekiston (1995—2002), Osiyo (1997, Tehron) va jahon (2001, Patri) chempioni. Osiyo oʻyinlarida (2002, Pusan) kumush medalga sazovor boʻldi. Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi akademiyasida oʻqiydi (2003).[1]
Manbalar tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |