Feyxoa (ispancha: Feijoa) — mirtadoshlarga mansub doim yashil butalar va daraxtlar turkumi. Jan. Amerikaning subtropik hududlarida 2 turi usadi. 1turi — Feyxoa Sellova (Feyxoa sellowiana) subtropik iqlimli mamlakatlarda, jumladan, Gruziya va Qrimning jan. sohillarida oʻstiriladi. Boʻyi 3 m, shoxshabbasi yoyiq, qalin. Barglari butun, qarama-qarshi joylashgan. Gullari ikki jinsli. May oyida gullaydi. Mevasi toʻq yashil rezavor, eti sershira, xushboʻy, tarkibida qand, pektin, olma kislotasi, yod bor. Okt.noyab.da pishadi, yangiligida yeyiladi. Murabbo va vino tayyorlanadi. Urug'idan, kalamchasidan va payvand qilib koʻpaytiriladi. Bogʻ, xiyobonlarni koʻkalamzorlashtirishda foydalaniladi. Hosildorligi 60—90 s/ga.[1]

Manbalar tahrir