Ishlab chiqarish amaliyoti - oʻquv mashgʻulotlari turi. Unda oʻquvchi (talaba)lar korxona, tibbiy, pedagogik, ilmiy tadqiqot va boshqa muassasalarda oʻquv dasturlarida belgilangan i.ch. vazifalarini mustaqil ravishda bajaradilar. I.ch.a. talaba yoki oʻquvchilar nazariy bilimlarini amaliy yoki unumli mehnat bilan boglab, ularda koʻnikma va malakalar hosil qiladi. I.ch.a. muddati muayyan oʻquv yurtining tasdiqlangan oʻquv rejasida belgilanadi. [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil