Jesse Douglas

amerikalik matematik

Jesse Douglas (talaffuzi: Jessi Duglas) (3-iyul 1897 — 7-sentyabr 1965) — amerikalik matematik. Douglas Plateau masalasiga topgan umumiy yechimi bilan tanilgan. 1936-yil Lars Ahlfors bilan birgalikda ilk Fields medali bilan taqdirlangan[1].

Jesse Douglas
Tavalludi 3-iyul 1897-yil
New York shahri, New York, AQSh
Vafoti 7-sentyabr 1965-yil(1965-09-07)
(68 yoshda)
New York shahri, New York, AQSh
Fuqaroligi AQSh
Mukofotlari Fields medali (1936)
Bôcher memorial mukofoti (1943)

Douglas 1897-yil New York shahrida yahudiy oilasida tugʻilgan[2]. 1916-yil New York shahar kollejidan matematika boʻyicha bakalavr darajasini olgan. 1920-yil Columbia universitetidan PhD darajasini olgan[3]. Douglas umrining oxirigacha New York shahar kollejida matematikadan saboq bergan.

Olim 1760-yilda Joseph-Louis Lagrange oʻrtaga tashlaganidan beri yechimi topilmay kelgan Platea masalasini hal qilgan. Masala „sovun pufagi masalasi“ nomi bilan ham maʼlum. 1943-yil Amerika matematika jamiyati Douglasni Bocher memorial mukofoti bilan taqdirlagan.

Manbalar tahrir

  1. www.nasonline.org/member-directory/deceased-members/20001453.html
  2. Peter Lax, Mathematician: An Illustrated Memoir, by Reuben Hersh(American Mathematical Soc. 2014), page 102
  3. „Jesse Douglas (1897-1965)“. www-history.mcs.st-andrews.ac.uk.