KaleFransiyaning shim. qismidagi shahar. Pade-Kale departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 76 ming kishidan ziyod (1990y.lar oʻrtalari). Xalqaro ahamiyatga ega transport yoʻllari tuguni. Pade-Kale boʻgʻozidagi port. Kaledan dengiz yoʻli orqali Buyuk Britaniyaga yoʻlovchilar tashiladi. Mashinasozlik, kimyo, oziqovqat sanoatlari rivojlangan. Qadimdan toʻr (krujeva) toʻqiladi, kashta tikiladi. Shaharga 9—10-asrlarda asos solingan. 13-asrdan boshlab Angliya bilan Fransiya oʻrtasidagi savdo aloqalarida muhim ahamiyatga ega boʻlgan. 14—16-asrlarda shahar inglizlar qoʻl ostida boʻlgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil