Nashriyot-hisob tabogʻi - bosma nashr hajmi oʻlchov birligi. Unga mualliflik tabogʻiga hisoblangan asosiy matn hajmi bilan birga muallifga haq toʻlanmaydigan barcha matn (nashriyot tomonidan yozilgan soʻz boshi, ruknsarlavha, ruknraqam, zarvaraq, sarvaraq yozuvlari va boshqalar), grafik materiallarning hajmi ham kiradi. N-h.t. nashriyotdagi hisob-kitob ishlarida, muharrir, texnik muharrir, musahhih va boshqa xodimlar mehnatini hisoblashda qoʻllanadi (yana qarang Bosma taboq).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil