Nav — (fransuzcha: sorte) seleksiya natijasida yaratilgan, muayyan morfologik, fiziologik va xoʻjalik belgi hamda xususiyatlari turgʻun va nasldan oʻtib boradigan, bir turga mansub oʻsimliklar majmui; madaniy oʻsimliklar uchun eng kichik tasnif birligi. Oʻsimliklarning jaydari (mahalliy) va seleksiya yoʻli bilan yetishtirilgan N.lari boʻladi. Jaydari (mahalliy) N. maʼlum bir joyda ekin yetishtirishda uzok, davom etgan yalpi tanlash natijasida yuzaga keladi (qarang Xalq, seleksiyasi). Seleksiya N.i ilmiy tadqiqot muassasalarida oʻsimliklar seleksiyasining turli ilmiy usullarini qoʻllab olinadi. Tanlash yoʻli bilan N. ichida biologik barqarorlik (oʻsimliklarning bir tipda boʻlishi) yuzaga keltiriladi. Oʻzidan changlanuvchi oʻsimliklarda N. oʻzidan changlanish yoʻli bilan (gomozigot liniya, q. Gomozigotapik), chetdan changlanadigan ekinlarda chetdan changlanish bilan va birinchi avlod gete-rozigot duragaylarida har yili duragaylab turish yoʻli bilan saqlanib boradi (geterozigot liniya, q. Geterozigo-talik). Seleksiya yoʻli bilan chiqarilgan N. oʻz sifatlarini bir kancha avlodlar davomida saqlab boradi. Biroqi.ch. jarayonida irsiy oʻzgaruvchanlik tufayli salbiy mutatsiyalar paydo boʻlishi, mexanik va biol. ifloslanish, oʻsimliklarning kasalliklarga chidami pasayib qolishi va boshqa natijasida N. xususiyatlari asta-sekin oʻzgarib boradi. Engyaxshi N.dan foydalanish qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilashning samarali usullaridan biridir. Buning uchun elita urugʻlari kerak boʻladi, bunday urugʻlarni urugʻchilik xoʻjaliklari yetishtirib beradi. Oʻsimliklar N.larining haqiqiyligi nav nazorati yordamida aniklanadi. Eski N. yangilari bilan almashtirib turiladi, yaʼni nav almashtirish ishlari olib boriladi. Oʻzbekistonda ilmiy tadqiqot muassasalarida yaratilgan barcha ekinlar N.lari Davlat nav sinovidan oʻtkazilib, eng yaxshilari ishlab chiqarishga joriy etish uchun ajratib olinadi. Har yili ekish uchun tavsiya etiladigan N.lar roʻyxati respublika Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Re-publikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xujaligi ekinlari davlat reyestrida eʼlon qilinadi.

Adabiyot tahrir

  • Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari taʼrifi, T., 2001.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil