Rene jumbogʻi

oʻzbek yozuvchisi Hojiakbar Shayxov qalamiga mansub hikoyalar va qissalar toʻplami

„Rene jumbogʻi“oʻzbek yozuvchisi Hojiakbar Shayxov qalamiga mansub fantastik hikoya va ilmiy-fantastik qissalar toʻplami. 1977-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Toʻplamga „Nomaʼlum odamlar“ hamda „Doʻstimning kashfiyoti“ hikoyalari va „Olis sayyorada“ hamda „Rene jumbogʻi“ qissalari kiritilgan.

Rene jumbogʻi
Muallif(lar) Hojiakbar Shayxov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i hikoyalar va qissalar
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1977
Sahifalar soni 144

Asarni V. Nechiporenko rus tiliga tarjima qilgan. Ruscha nashr 1981-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan.[1]

Birinchi nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: A. Shomirzayev – muharrir, G. Jirnov – rassom, Q. Aliyev – rasmlar muharriri, T. Gulak – texnik muharrir, M. Toirov – musahhih. Kitob adadi – 60 000 nusxa. 2004-yil „Sharq“ nashriyoti „Rene jumbogʻi“ni lotin yozuvida nashr qilgan.

Qissa va hikoyalar tahrir

Hikoyalar

  • „Nomaʼlum odamlar“
  • „Doʻstimning kashfiyoti“

Qissalar

  • „Olis sayyorada“
  • „Rene jumbogʻi“

Manbalar tahrir

  1. „Rene jumbogʻi“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 16-sentyabr.

Havolalar tahrir