SAIC Motor Corporation Limited (SAIC, ilgari Shanxay Automotive Industry Corporation) — Xitoyning avtomobil ishlab chiqaruvchi davlat kompaniyasi boʻlib, qarorgohi Shanxayda joylashgan, kompaniya koʻpmillatli operatsiyalarga ega. Fortune Global 100 kompaniyasi va Xitoyning „Katta toʻrtlik“ avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan biri boʻlib (Changan Automobile, FAW Group va Dongfeng Motor Corporation bilan birgalikda), kompaniya 2014-yilda xitoydagi avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar orasida eng katta ishlab chiqarish hajmiga (4,5 milliondan ortiq transport vositalari) ega kompaniyadir.[6] Kompaniyaning ishlab chiqarish mahsulotlari toʻliq isteʼmolchilar extiyojiga moʻljallangan emas, SAICʼning millionga yaqin yengil avtomobillarini tijorat avtomobillari taashkil qiladi.

SAIC Motor Corporation Limited
Turi Davlat korxonasi
Tarmogʻi Avtomobilsozlik
Egasi Davlat aktivlarini nazorat qilish va boshqarish boʻyicha Shanxay komissiyasi[1]
Qachon asos solingan 2011-yil (SAIC Motor Corporation Limited)
1995-yil (Shanghai Automotive Industry Corp. (Group))
1955-yil (Shanghai Internal Combustion Engine Components Company)
Rahbariyat Chen Zhixin (Prezident)
Chen Hong (Boshqaruv raisi)[2]
Mahsulot(lar)i yengil avtmobillar, tijorat avtomobil vositalari
Aylanma daromadi US$101.7 millard (2014-yil)[3]
Boyligi 919 414 755 790[4]
Sof foydasi 20 431 037 480[4]
Ishchilar soni 144,955 (2013-yil)[5]
Vebsayti saicmotor.com/english/

SAIC kompaniyasining kelib chiqishi 1940-yillarda Xitoy avtomobilsozlik sanoatining dastlabki yillariga borib taqaladi, SAIC Mao XitoyidagiShanxay SH760-ni ishlab chiqaradigan avtomobilsozlaridan biri edi. Hozirgi vaqtda kompaniya Volkswagen qoʻshma korxonasi boʻlgan qadimgi chet el avtomobilsozlik qoʻshma korxonasida ishtirok etadi va 1998-yildan beri General Motorsning 40 foiz aktsiyalariga va bu kompaniya bilan qoʻshma korxonasiga ega. SAIC mahsulotlari turli xil tovar nomlari, shu jumladan qoʻshma korxonalarning sheriklari tomonidan sotiladi. SAICning oʻziga tegishli ikkita taniqli brend bor, bulardan biri bu MG, tarixiy Britaniyalik avtomobil markasi va Xitoyning hashamatli avtomobil markalaridan biri boʻlgan Roewe.

Tarixi tahrir

 
1986-yil Shanxay SH760, 25 yildan ortiq vaqt davomida Shanxayning avtomobili xisoblanadi

2000-yilgacha kelib chiqishi tahrir

Kompaniya Ikkinchi Jahon urushi atrofida bir muncha vaqt Shanxayda tashkil etilgan avtomobil yigʻish zavodidan kelib chiqqan uzoq tarixga ega boʻlsa-da, SAIC, mahalliy raqiblari boʻlgan FAW Group va Dongfeng Motorsdan farqli oʻlaroq, yaqinda Xitoyning avtomobilsozlik sanoatida katta mavqega ega boʻldi.[7] 1970-larda kichik bir kompaniya boʻligan SAIC ning oʻsishiga, nafaqat avtomobillarga boʻlgan ichki talabning oʻsishi bogʻliq bolgan. 1984-yilda Volkswagen bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasi, keyinchalik 1985-yil mart oyida xorijiy texnologiyalar bilan raqobatbardosh avtomobillarni ishlab chiqarishga imkon bergan Shanghai Volkswagen Automotive Co Ltd. kompaniyasining rasmiy tashkil etilgan. Shu bilan birga SAIC kompaniyasining ilk muvaffaqiyatlarini Shanxay maʼmurlari tomonidan berilgan koʻrsatmalarning natijasi deb ham qarash mumkin. Boisi shuki, bir vaqtlar SAIC shunchaki Shanxay munitsipal hukumatining kengaytmasi edi.[8] Ushbu ikki sabab va boshqa sabablar natijasida, SAIC jadal suratlarda oʻsishni boshladi. 1996-yilga qadar 11 yil mobaynida kompaniyaning yillik ishlab chiqarish hajmi qariyib oʻn baravarga yaʼni 300 000 donagacha oʻsdi va kompaniya oʻzini Xitoyning yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchilardan biri sifatida tanildi.[9]

Ushbu davrda SAIC Shanxayda zamonaviy avtomobillarga butlovchi qismlarni noldan boshlab samarali ravishda barpo etdi[10] va mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobilarning soni va sifati sezilarli darajada oshdi. Ilgari, Xitoyda Volkswagen[11] tomonidan ishlab chiqarilgan yiqitiladigan toʻplamlardan (knock-down kits) yigʻilgan avtomobillar Shanxayda ishlab chiqarilgan qismlardan ishlab chiqarilgan boʻlib, shahar 1990—1996-yillarda avtomobil qismlarini ishlab chiqarishga qoʻshgan hissasini bir necha baravarga oshirdi.[12] 1987-yilda Volkswagen Santana avtomobilda mahalliy qismlardan faqatgina shinalar, radio va antenna ishlatilgan boʻlsa[13] 1998-yilga kelib quyidagi avtomobilni ishlab chiqarishda ishlatiladigan komponentlarning 90% dan ortigʻi mahalliylashtirilgan.[14] Shanxay shahar hukumati tomonidan belgilangan maqsad, bu mahalliy extiyot qismlarni ishlab chiqarish sanoatini yaratish, mahalliy hukumatning SAIC ni rivojlantirishga taʼsirining namunasidir.

1997-yil iyun oyida SAIC General Motors bilan birgalikda ikkinchi yirik qoʻshma korxona - Shanxay General Motors Co Ltd ni tashkil etdi.[15][16] Yangi qoʻshma korxona 1998-yilda oʻz faoliyatini boshladi va 2000-yildan 2004-yilgacha SAIC avtomobillarini ishlab chiqarishni ikki baravar oshirishga yordam berdi.[17] Dastlab, xorijiy avtomobil ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilish, AQSh Visteon kabi komponentlar yetkazib beruvchilari bilan qoʻshma korxonalar tashkil etish SAICning muvaffaqiyatiga olib kelishga tasir koʻrsatadi.

2000-yildan 2010-yilgacha tahrir

 
2008-yilda boshlangan MG / Roewe 550

2000-yillarning boshlarida SAIC Koreyada bir necha xaridlarni amalga oshirdi. Kompaniya 2002-yilda GMning Koreyadagi Daewoo avtomobil ishlab chiqaruvchisini sotib olishda ishtirok etdi, yangi tashkil etilgan GM Daewoo kompaniyasining 10 foiz ulushini 59,7 million AQSh dollariga sotib oldi. Bundan tashqari, 2004-yilda u inqiroz xolatida boʻlgan Janubiy Koreyaning SsangYong Motor avtomobil ishlab chiqaruvchisini kompaniyasining 48,9% egalikni bearadigan ulushini sotilb oldi va buning uchun 500 million AQSh dollarini toʻladi.   Taxminan shu vaqtga qadar SAIC oʻzining shoʻba korxonalari uchun Shanghai Automotive Group xolding kompaniyasini yaratdi.[18]

Oʻn yillikning oʻrtalarida SAIC Britaniyaning MG Rover avtomobil ishlab chiqaruvchisini sotib olishga urinib koʻrdi, ammo MG Rover 2005-yilda Xitoyning boshqa bir ishlab chiqaruvchisi boʻlmish Nanjing Automobile tomonidan sotib olingan edi.[19] SAIC kompaniyasi Roewe markasi ostida sotiladigan hashamatli sedanlarning yangi qatoriga kiritilgan[20] MG Rover texnologiyasini olishga muvaffaq boʻldi va keyinchalik u yuqoridagi xittoy kompaniyasini ham sotib olishga muvoffaq boʻldi.[21]

2000-yillar oxirida kompaniyaning savdo koʻrsatkichlari sezilarli ravishda oshdi va 2009-yil bu koʻrsatkich 2.72 million doan avtomobilni tashkil etdi, biroq 2004-yilda Koreyaning SUV rusumli avtomobil ishlab chiqaruvchisi boʻlgan Ssangyongning ishlari orqaga ketdi. 2009-yilning yanvar oyida, SAIC kompaniyaga qoʻshimcha 45 million dollar sarmoya kiritdi va SsangYong Motor Company Koreyadagi kompaniyaning boshqaruviga topshirildi. 2010-yilga kelib SAIC ning koreys kompaniyasidagi 51.33% ulushi 10% ga qisqartirildi. 2009-yildagi Ssangyongning muvaffaqiyatsizligi, kompaniyaning ishchilari tomonidan uyushtirilgan 77 kunlik oʻtirishni talab koʻrinishidagi namoyishchilari uyushtirgan va ular politsiya tomonidan toʻxtatilgan.

2010 to present tahrir

 
Kuala-Lumpurda namoyish etilayotgan Maxus V80

2010-yilda SAIC 3,58 million dona avtomobil vositalari ishlab chiqardi va bu koʻrsatkich oʻsha yili Xitoydagi har qanday avtomobil ishlab chiqaruvchisining koʻrsatkichidan katta edi.

2011-yil fevral oyida SAIC kompaniyasi Maxus rusumidagi tijorat transport vositalarining yangi markasini namoyish etdi.[22]

2011-yil 13-aprelda MG Motor UK Longbridge zavodida ommaviy ishlab chiqarish qayta tiklandi va Buyuk Britaniyada birinchi MG 6 modelli avtomobil ishlab chiqarish qatoridan chiqazildi.[23] Ushbu zavod, ehtimol, Afrika va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarda oʻxshash qurilmalar bilan bir qatorda CKD zavodidan biroz kattaroq edi.

2010-yilda SAIC 3,97 million dona avtomobil vositalari ishlab chiqardi va bu koʻrsatkich oʻsha yili Xitoydagi har qanday avtomobil ishlab chiqaruvchisining koʻrsatkichidan katta edi.

2012-yil iyun oyida SAICning AQShda joylashgan Shanxay Automotive Industries Corp USA, Inc. shirkati Michigan shtatining Birmingem shahrida yangi Shimoliy Amerika operatsion markazini ochdi.[24][25][26] Ochilish marosimida Michigan gubernatori Rik Snayder, Oklend okrugi ijrochisi L. Bruks Patterson va General Motors va SAIC Motor kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi. 30000 kvadrat metrlik uch qavatli inshootda 100 ga yaqin xodimlar joylashadi.

2012-yilda SAIC qariyb 3,5 million dona mahsulot ishlab chiqarib mahalliy raqiblar orasida birinchi oʻrinni saqlab qoldi.[27]

Birlashish va kompaniyaning nomini oʻzgartirish tahrir

Bugungi SAIC koʻplab qoʻshilish va korporativ qayta qurish natijasidir. Shanxay ichki yonish dvigatel komponentlari kompaniyasi 1955-yil dekabr oyida tashkil topgan.[15] 1958-yil mart oyida Shanxay ichki yonish dvigatellari tarkibiy qismlari kompaniyasi va Shanxay Powertrain uskunalarini ishlab chiqarish kompaniyasi Shanxay Powertrain Mashinalarini ishlab chiqarish kompaniyasiga birlashtirildi. 1960-yil yanvar oyida Shanxay Powertrain Mashina ishlab chiqarish kompaniyasi Shanxay qishloq xoʻjaligi mashinalarini ishlab chiqarish kompaniyasi deb oʻzgartirildi. 1969-yil aprel oyida Shanxay qishloq xoʻjaligi mashinalari ishlab chiqarish kompaniyasi Shanxay traktor sanoat kompaniyasi deb oʻzgartirildi. Shanxay Avtomobil va Traktor Kompaniyasi 1984-yil iyul oyida tashkil topgan. 1990-yil mart oyida Shanxay avtomobil va traktor kompaniyasi Shanxay avtomobilsozlik korporatsiyasi deb oʻzgartirildi. Shanxay Avtomobilsozlik korporatsiyasi (Group) 1995-yil sentabr oyida tashkil etilgan.

Operatsiyalar tahrir

 
Hozirgi kunda MG 6 Xitoyda ishlab chiqarilmoqda

Markalar tahrir

SAIC transport vositalarini turli markalar ostida sotadi. SAICga xos boʻlgan markalar qatoriga Maxus,[28] MG,[29] Roewe, va Yuejin kiradi. SAIC qoʻshma korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar Baojun,[30] Buick, Chevrolet,[31] Iveco,[32] Shkoda, Volkswagen,[33] va Wuling singari markalarda sotiladi.[34]

Mahsulotlar tahrir

Maksus tahrir

MG Avtomobillari tahrir

Roewe tahrir

Qoʻshma korxonalar tahrir

SAIC, Xitoyda ishlab chiqariladigan va sotiladigan General Motors va Volkswagen kabi yirik xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda ishlaydi. Xitoy-xorijiy qoʻshma korxonalar qatorida, SAIC quyidagi xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan qoʻshma korxonalarda ishtirok etadi:Nanjing Iveco Avto Co Ltd bilan („Yangi Naveco“) oʻz ichiga Iveco oladi,[35] SAIC Iveco Hongyan,[36] SAIC-GM-Wuling avtomobil, Shanghai Volkswagen avtomobil, Shanghai General Motors korporatsiyasi, Shanghai Sunvin Volvo bilan birgalikda,[37] va SAIC - Choren Pokphand Tailanddagi filiali uchun.

Ishlab chiqarish obyektlari tahrir

 
MG Motor UK HQ - SAIC UK Texnik va dizayn markazi.

SAIC Xitoyda koʻplab ishlab chiqarish obyektlariga ega, jumladan: Chongqing, Liujou, Qingdao, Shanxay, Shenyang va Yantay.[38] Uning Buyuk Britaniyada yigʻish zavodi, Longbridj zavodi,[39] Chonburi (Tailand) va Halol (Hindiston) da zavodi bor.

Tadqiqot va ishlanmalar (R&D) tahrir

SAIC Buyuk Britaniyadagi yirik ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqish markazi - SAIC Motor UK Texnik Markaziga ega, uning markazida 2012-yilga kelib 275 muhandis va 25 dizayner ishlaydi.[40] Buyuk Britaniya Texnik Markazi MG avtomobillarini ishlab chiqarish boʻyicha dunyodagi eng asosiy joy hisoblanadi[41] va u Roewe mahsulotlarini ishlab chiqishda katta rol oʻynaydi.[42]

2019-yil iyun oyida SAIC Motor oʻzining Buyuk Britaniyaning Texnik markazini yopdi va natijada 300 dan ortiq muhandislar ishdan boʻshatildi.

Izohlar tahrir

  1. Zhao, Hejun. „Shanghaiʼs Slow Boat to State Asset Reform“. Caixin (22-oktabr 2010-yil). 9-mart 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyul 2011-yil.
  2. „Top Management“. Shanghai Automotive Industry Corporation (Group). 16-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-aprel 2020-yil. (Wayback Machine saytida 16-aprel 2015-yil sanasida arxivlangan)
  3. „2014 Annual Report - Year in review“. Shanghai Automotive Industry Corporation (Group). 7-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-aprel 2015-yil. (Wayback Machine saytida 7-aprel 2015-yil sanasida arxivlangan)
  4. 4,0 4,1 (unspecified title)
  5. „2013 Annual Report - Highlight figures (page 30)“. Shanghai Automotive Industry Corporation (Group). 16-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-aprel 2020-yil. (Wayback Machine saytida 16-aprel 2015-yil sanasida arxivlangan)
  6. „2014年11月汽车分车型前十家生产企业销量排名“. caam.org.cn. China Association of Automobile Manufacturers (CAAM) (12-dekabr 2014-yil). 13-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-dekabr 2014-yil. (Wayback Machine saytida 2014-12-13 sanasida arxivlangan)
  7. Richter, Frank-Jürgen. The dragon millennium: Chinese business in the coming world economy. Greenwood Publishing Group, 2000 — 65–69 bet. ISBN 9781567203530. 5-oktabr 2016-yilda qaraldi. 
  8. Thun, Eric. Changing lanes in China: foreign direct investment, local government, and auto sector development. Cambridge University Press, 2006 — 103 bet. ISBN 9780521843829. 5-oktabr 2016-yilda qaraldi. 
  9. Richter, Frank-Jürgen. The dragon millennium: Chinese business in the coming world economy. Greenwood Publishing Group, 2000 — 68 bet. ISBN 9781567203530. 5-oktabr 2016-yilda qaraldi. 
  10. Yasheng, Huang. Selling China: foreign direct investment during the reform era. Cambridge University Press, 2003 — 264 bet. ISBN 9780521814287. 5-oktabr 2016-yilda qaraldi. 
  11. Thun, Eric. Changing lanes in China: foreign direct investment, local government, and auto sector development. Cambridge University Press, 2006 — 102 bet. ISBN 9780521843829. 5-oktabr 2016-yilda qaraldi. 
  12. Yasheng, Huang. Selling China: foreign direct investment during the reform era. Cambridge University Press, 2003 — 264–265 bet. ISBN 9780521814287. 5-oktabr 2016-yilda qaraldi. 
  13. Thun, Eric. Changing lanes in China: foreign direct investment, local government, and auto sector development. Cambridge University Press, 2006 — 104 bet. ISBN 9780521843829. 5-oktabr 2016-yilda qaraldi. 
  14. Chiu, Becky. Reforming China's state-owned enterprises and banks, New horizons in money and finance. Edward Elgar Publishing, 2006 — 310 bet. ISBN 9781843767589. 5-oktabr 2016-yilda qaraldi. 
  15. 15,0 15,1 „Roewe: A homegrown brand with brilliant origin“. China Economic Net (12-yanvar 2007-yil). 20-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-aprel 2011-yil.
  16. „G.M. Expects Asia Deals to Raise $400 Million“ (4-dekabr 2009-yil). Qaraldi: 12-may 2011-yil.[sayt ishlamaydi]
  17. Chiu, Becky. Reforming China's state-owned enterprises and banks, New horizons in money and finance. Edward Elgar Publishing, 2006 — 309 bet. ISBN 9781843767589. 5-oktabr 2016-yilda qaraldi. 
  18. „Chinese auto firm looks overseas“ (29-noyabr 2004-yil). 8-aprel 2005-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-aprel 2011-yil.
  19. „Rover sold to Nanjing Automobile“. BBC (23-iyul 2005-yil). 1-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-yanvar 2012-yil.
  20. „China debut for Rover-based car“. BBC (20-noyabr 2006-yil). 10-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-yanvar 2012-yil.
  21. "REFILE-UPDATE 2-SAIC to make MG 6 in UK, upbeat on own-brand car" Reuters, 25-noyabr 2009-yil
  22. „SAIC unveils first international brand“. Shanghai Automotive Industry Corporation. 20-aprel 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-aprel 2011-yil. (Wayback Machine saytida 20-aprel 2011-yil sanasida arxivlangan)
  23. „New MG Sports Rolls Out Of Longbridge Plant“. Sky News (13-aprel 2011-yil). Qaraldi: 14-aprel 2011-yil.
  24. „China's Shanghai Automotive Industries opens office in Birmingham“. Crain's Detroit Business (28-iyun 2012-yil). Qaraldi: 2-iyul 2012-yil.
  25. VLASIC, BILL. Chinese Creating New Auto Niche Within Detroit (14-may 2013-yil), s. A1.
  26. „SAIC USA Opens New North American Operations Center in Michigan“. Aftermarket News (28-iyun 2012-yil). 25-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyul 2012-yil.
  27. „2012年12月分车型前十家生产企业销量排名“. China Association of Automobile Manufacturers (CAAM) (14-yanvar 2013-yil). 15-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-yanvar 2013-yil. (Wayback Machine saytida 15-yanvar 2013-yil sanasida arxivlangan)
  28. „SAIC unveils first international brand“. SAIC (29-mart 2011-yil). 20-aprel 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyul 2011-yil. (Wayback Machine saytida 20-aprel 2011-yil sanasida arxivlangan)
  29. Fang Yan; Tom Miles. „SAIC invests $1.5 billion to boost own-brand car capacity: paper“ (27-dekabr 2010-yil). 21-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyul 2011-yil.
  30. „SGMW to launch Baojun brand“. SAIC (19-iyul 2010-yil). 21-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyul 2011-yil. (Wayback Machine saytida 21-yanvar 2011-yil sanasida arxivlangan)
  31. GM Communications. „GM Family Showcases Record Lineup of Brands and Products at Auto Shanghai 2005“. General Motors (19-aprel 2005-yil). Qaraldi: 13-iyul 2011-yil.
  32. „About Naveco: About Us“. Naveco. 29-sentabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyul 2011-yil.
  33. „SVW Introduction: Overview“. SAIC. Archive.org. 30-aprel 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyul 2011-yil.
  34. Muller, Joann. „Can China Save GM?“ (22-aprel 2010-yil). 23-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyul 2011-yil.
  35. „Navco“. Iveco. 1-aprel 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyul 2011-yil. (Wayback Machine saytida 1-aprel 2011-yil sanasida arxivlangan)
  36. „A LONG STANDING, STRONG, RELIABLE SINO-ITALIAN TEAM“. Iveco. 12-may 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyul 2011-yil. (Wayback Machine saytida 12-may 2011-yil sanasida arxivlangan)
  37. „1,500 buses from Volvo to World Expo“. Volvo Group (28-aprel 2010-yil). 25-mart 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-fevral 2012-yil. (Wayback Machine saytida 25-mart 2013-yil sanasida arxivlangan)
  38. „Introduction of SAIC“. SAIC. 29-may 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyul 2011-yil. (Wayback Machine saytida 29-may 2011-yil sanasida arxivlangan)
  39. Pomfret, James. „China's premier promotes Sino-UK trade synergies“ (26-iyun 2011-yil). 2-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyul 2011-yil.
  40. „About SMTC UK“. SAIC Motor UK Technical Centre Limited. 26-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-mart 2012-yil. (Wayback Machine saytida 26-aprel 2012-yil sanasida arxivlangan)
  41. „MG“. SAIC Motor UK Technical Centre Limited. 26-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-mart 2012-yil. (Wayback Machine saytida 26-aprel 2012-yil sanasida arxivlangan)
  42. „Roewe“. SAIC Motor UK Technical Centre Limited. 26-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-mart 2012-yil. (Wayback Machine saytida 26-aprel 2012-yil sanasida arxivlangan)