Tolibjon Karimov

oʻzbekistonlik aktyor

Tolibjon Raufovich Karimov (2-iyul, 1940-yil, Toshkent19-iyul, 2023-yil, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1987).

Tolibjon Karimov
Tolibjon Raufovich Karimov
Tavalludi 2-iyul 1940-yil
Toshkent Oʻzbekiston SSR
Vafoti 19-iyul 2023-yil(2023-07-19)
(83 yoshda)
Toshkent Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent sanʼat instituti
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari
Unvoni O‘zbekiston SSR xalq artisti
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni O‘zbekiston SSR xalq artisti

Biografiyasi tahrir

Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1961). 1961—1963-yillar Qoʻqon teatrida, 1963-yildan Hamza teatrida aktyor. K.ning ijodi yorqin dramatizm va qahramonona romantizmga boyligi, joʻshqinligi bilan ajralib turadi. Eng yaxshi rollari: Yoʻlchi, Tantiboyvachcha („Quglugʻ qon“), Gʻofir („Boy ila xizmatchi“), Mirzo Ulugʻbek („Mirzo Ulugʻbek“), Temur („Sohibqiron Temur“), Shoh Maʼmun („Abu Rayhon Beruniy“), Azizboy („Istehkom“), Qosim („Gurung“), Jamol („Istanbul fojiasi“), professor („Yetti faryod“) va b. Televizion spektakllarda Joʻra („Yodgor“), Qalandar Qarnoqiy („Ulugʻbek xazinasi“), Shukurov („Diyonat“), Navoiy („Navoiy Astraobodda“), Gʻulomjon („Fargʻona tong otguncha“) kabi; videofilmlarda Jomiy („Navoiy“), Qosimbek („Bobur“), kinoda Oʻtkir („Sayyod qoʻngʻirogʻi“) va b. rollarni ijro etgan. K. hayoti va ijodiga bagʻishlangan „Chirogʻi yoniq uy“ telefilmi ishlangan (1997). Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1988). „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan (1997)[1]. 2023-yil 19-iyul sanasida Toshkentda vafot etdi[2].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „Aktyor Tolib Karimov 83 yoshida vafot etdi“ (2023-yil 19-iyul). 2023-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-iyul.