PETTI (Petty) Uilyam (1623.26.5, Romsi shahri, Xempshir — 1687.16.12, London) — ingliz klassik siyosiy iqtisodining asoschisi. Leyden, Parij va Oksford universitetlarida tibbiyotdan taʼlim olgan. U serqirra qobiliyatga ega boʻlib, 1647-yilda nusxa koʻpaytiradigan mashina ixtiro qilgan. 1649-yilda fizika doktori ilmiy darajasini olgan, 1651-yilda musiqa va anatomiyadan professor P. yirik yer egasi edi. P. Angliyada 17-asrda boʻlib oʻtgan burjua inqilobidan keyin oʻz hokimiyatini mustahkamlab olgan ingliz burjaziyasining nazariyotchisi sifatida tanildi. "Soliqlar va yigʻimlar haqidagi risola" (1662), "Soʻz donishmandlarga" (1665) "Irlandiyaning siyosiy ana-tomiyasi" (1672), "Pul haqida soʻz" (1682), "Siyosiy arifmetika" (1683) kabi asarlarida qiymatning mehnat nazariyasini asoslab berdi. P. merkantilistlardan farqli ravishda, boylik manbai muomala sohasida emas, ishlab chiqarishda deb hisoblagan. P. jamiyatning iqtisodiy taraqqiyotini obyektiv qonunlarga bogʻliq deb qaraydi, lekin ijtimoiy va iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlariga oʻxshash abadiy va uzgarmasdir, deb izohlaydi. P. iqtisodiy hodisalarni tahlil qilishda tabiatshunoslik fanlarining tadqiqot usullaridan foydalandi va uni statistik tahlil bilan toʻldirdi. P. mehnatning qiymat nazariyasini birinchi boʻlib asoslab bergan.

P.ning "Mehnat boylikning otasi, yer esa uning onasidir" degan fikri butun dunyo iqtisodchilari tomonidan tan olinadi. P. tovarlar qiymatini ularni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat bilan aniqlash nuqtai nazaridan qoʻshimcha qiymatnint kelib chiqishi muammosini hal etishga urindi. Uning fikriga kura, renta qoʻshimcha qiymatning umumiy shakli boʻlib, yer rentasi va pul rentasi (foiz) tar-zida namoyon boʻladi. P. differensial yer rentasi muammosini iqtisodchi olimlar orasida birinchi boʻlib oʻrgandi, yerning bahosi toʻgʻrisidagi masala ham P. tomonidan ilmiy jihatdan toʻgʻri qoʻyildi. P. davlat statistika xizmati tuzish zarurligi masalasini koʻtardi va statistik maʼlumot toʻplashning ayrim yoʻnalishlarini belgilab berdi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil