Mirza Abdulla Buxoriy (1848-1918) — etnograf, arxeolog, toʻquvchi. Samarqandlik shoyi toʻquvchi oilasida tugʻilgan. Mirza Abdulla Buxoriy havaskor oʻlkashunos, arxeologiya va etnografiya bilan shugʻullangan. Rossiya Arxeologiya jamiyati sharq boʻlimining kengashi (1887) da Turkiston vakili sifatida qatnashgan. U toʻqigan atlas va bekasamlari bilan turli koʻrgazmalar (Toshkent, 1886; Harkov, 1887; Parij, 1889 — kumush medallar va Toshkent, 1890 — katta oltin medal bilan takdirlangan)da ishtirok etgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil