Maxsus effektlar (inglizcha: Special effects; qisqartma shakllari: SFX, F/X yoki shunchaki FX) teatr, film, televideniye, videooʻyin va simulator sanoatlarida suratga tushirish ancha qiyin yoki imkonsiz boʻlgan narsalar sahnalarini yaratishda ishlatiladigan illyuziyalardir.

Kichik odam maxsus effekti (1952-yilda suratga olingan The Seven Deadly Sins filmidan).

Maxsus effektlar asosan ikki turkumga boʻlinadi: mexanik effektlar va optik effektlar. Maxsus effektlar va vizual effektlar oʻrtasida farq boʻlib, birinchisi raqamli post-production (post-pradakshn) va optik effektlarga tegishli boʻlsa, ikkinchisi odatda mexanik effektlarga shama qiladi.

Mexanik effektlarga animatronik, pirotexnik va atmosferik effektlarni misol qilsa boʻladi: shamol, yomgʻir, tuman, qor, bulutlar hosil qilish yoki binoning portlashi, oʻq tegishi va hokazolar.

Optik effektlarga esa kamera yordamida yaratilgan effektlar kiradi. Optik effektlar baʼzan fotografik effektlar, deb ham ataladi.

1990-yillardan beri kompyuterda yaratilgan tasvirlar (CGI) maxsus effektlar texnologiyalari orasida yetakchiga aylandi. Bu kinoijodkorlarga maxsus effektlarni xavfsiz va ishonarliroq hamda texnologiya taraqqiy etgan sari arzonroq yaratishda qoʻl kelyapti. Natijada, optik va mexanik effektlar texnikalari CGIga oʻrinlarini boʻshatishmoqda.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir