Maydon (fizikada) — fizikaning asosiy tushunchalaridan biri. Fizik hodisalar maʼlum kattaliklar bilan tavsiflanadi. Fazoviy nuqtalarning har birida maʼlum bir qiymatga ega bulgan bu kattaliklar holisalarni miqdoriy tskshirish uchun zarur funksiyalardir. Fazolagi yeki uning ayrim qismilagi biror fizik kattalikning taqsimot sohasi my fizik kattalikning maydoni buladi. Fizik kattalikning tabiati (matematik maʼ-nosi)ga qarab, skalyar M. (tra M.i, bosim M.i, potensial M. va boshqalar), vektor M. (tezlik M.i, kuch M.i, tezlanish M.i va hokazo), tenzor M. (deformatsiya M.i, kuchlanishlar M.i va h.k.) boʻlishi mumkin. Fazodagi taqsimlangan fizik kattaliklar xususiyatlarini tekshiruvchi nazariya M. nazariyasi deyiladi.

M. soʻzining fizik maʼnosi materiya tushunchasi bilan bogʻliq,. Fizika tekshiradigan qolisalarda materiya, umuman, ikki shaklda — modda va M. shakllarila uchraydi. Modla va M. tafovutlarini ifolalashla tinch holatdagi massa, erkinlik darajalari soni tushunchalari muqimlir. Masalan, moldatinch xrlatda massaga ega, uning erkinlik darajalari soni chekli; M.niig erkinlik darajalari soni esa cheksiz, u tinch xrlatla massaga ega emas va q.k. Fizik M.lar jumlasidan elektromagnit M.ni koʻrsatish mumkin. Modla massaga, energiyaga, harakat miqdoriga, harakat miqdori momentiga ega boʻlgani singari, elektromagnit M. ham elektromagnit massaga. elektromagnit energiyaga, elektromagnit harakat miqdoriga, elektromagnit harakat miqdori momentiga ega.

Klassik fizikada modda uzluksiz (diskretlik, zarralik) xususiyatiga, M. esa uzluksiz (toʻlqinlik) xususiyatiga ega, ular oʻzaro boglanmagan holda mavjud, deb hisoblanadi. Atom yadrolari, elementar zarralar fizikasining rivojlanishi natijasida modda va M.ning oʻzaro bogʻlanishi, yaʼni ularda ham toʻlqinlik, ham zarralik xususiyatlari borligi, yetarli sharoitlar mavjud bul ganda, moddaning M.ga aylanishi yoki M.ning moddaga aylanishi mumkinligi aniqlandi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil