Maydontol ositropisi[1] ( lotincha: Oxytropis maidantalensis) — dukkakdoshlar (Fabacyeaye) oilasiga mansub ikki pallali o‘simliklar turi. Ilk marotaba bu o‘simlik turi rossiyalik botanik Boris Alekseyevich Fedchenko tomonidan qayd etilgan.

Maydontol ositropisi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: O‘simliklar
Tip: Gulli
Sinf: Ikki pallali
Oila: Burchoqdoshlar
Urugʻ: Oxýtropis
Turlari: Maydontol ositropisi
Xalqaro ilmiy nomi
Oxytropis maidantalensis (B.Fedtsch, 1948)

[2][3] .

Tarqalishi va o‘sish joyi

tahrir

O‘zbekistonning Toshkent viloyati, Gʻarbiy Tyan-Shandagi Maydantal daryosi havzasigacha keng tarqalgan[4] . Alohida manbalari Qozog‘iston va Qirg‘izistongacha borib taqaladi[5] .

Toshli va shag‘alli yon bag‘irlarda yakka o‘sadi[4] .

Botanik tavsifi

tahrir

Quyoshsevar[1] ko‘p yillik o‘simlik turi hisoblanadi[5] .

O‘q ildizli, deyarli poyasiz, siyrak chim hosil qiluvchi, oq paxmoq tukli o‘simlik. Bargining uzunligi 2,5–7 sm, 5–12 juft, bargchalari ovalroq. Gulpoyasining uzunligi bargiga teng yoki undan uzunroq.

Barglari murakkab, oval yoki cho‘zinchoq, oval bargchalardan tashkil topgan. Gulpopugi boshchasimon, zich joylashgan alvon gullardan iborat[4] .

Mevasi — dukkagi uzunchoq, tuxumsimon, do‘ppaygan, tukli, yashil yoki qo‘ng‘ir tusda Dukkagi pufaksimon, cho‘ziq tuxumsimon, uzunligi 15 mm, qattiq, tumshuqchali, qalin hurpaygan[1] .

Mazkur o‘simlik urug‘laridan ko‘paytiriladi. Iyulda gullaydi, avgustda mevasi yetiladi[4].

Ahamiyati

tahrir

U dekorativ o‘simlik sifatida yetishtiriladi[1].

Muhofaza maqomi

tahrir

O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan noyob o‘simlik[5][1]. O‘zbekistonda bu o‘simlikning atigi 3000 donasi yetishtiriladi. Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘i hududidagi o‘sish joylari muhofazaga olingan[4] .

Manbalar

tahrir