Maykop
Maykop (adigeycha Miekʼuapz — olmalar vodiysi) — Rossiya Federatsiyasidagi shahar. Adigeya Respublikasi poytaxti. Belaya daryosi (Kuban daryosi irmogʻi) sohilida. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 166,5 ming kishi (1998). Maykopga 1857-yil rus qarbiylari kalʼa sifatila asos solgan. 1870-yildan uyezd shahri. Sanoatning yetakchi tarmogi — oziq-ovqat sanoati (goʻsht, mineral suv va oziq-ovqat kombinatlari, konserva, vino-araq z-llari). Oʻrmon. qogʻoz va yogocheozlik, yengil sanoat korxonalarining ulushi ham katta (mebel, parket, qipiq plitalar, karton qurilmalar, ip-arqon, poyabzal, kiy-im va boshqa ishlab chikarilali). "Maykoplesmebel", "Stamkonormal", "Tochradiomash" korxonalari, mashinasozlik z-llari va boshqa faoliyat koʻrsatadi. Maykop GES, ped. instituti, 2 teatr, 2 muzey (shu jumladan, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi) bor.[1]
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |