Maysa pashshasi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Maysa pashshasi (Chorthophila fl orilega Zett.) — ikki qanotlilarta mansub zararkunanda hasharot. Maysa pashshasi sining lichinkalari ekilgan urugʻlarni va chigitni zararlaydi. Oʻrta Osiyoda uchraydi. Voyaga yetgan pashshasi tanasining uz. 5,5 mm, uy pashshasiga oʻx-shaydi. Tanasi toʻq qoʻngʻir, qorinchasi kulrang , tuxumi oq, uz. 0,9 mm ga yaqin. Lichinkasining uz. 7 mm. Soxta pillalik, lichinkalik yoki imago fazalarida qishlab chiqadi. Qishlab chiqqan soxta pillalardan mart oxiri — aprel boshlarida katta yoshdagi pashshalar uchib chiqadi, ularning urugʻdon va tuxumdonlari chala rivojlangan boʻlib, ular 2—4 hafta ichida toʻliq yetiladi. Urgʻochilari tuxumlarini 1—4 tadan tuproq betiga, tuproq yoriklari ichiga va kesaklar orasiga sochib qoʻyadi. Bitta urgʻochi pashsha 100 donagacha tuxum qoʻyadi: tuxum qoʻyish davri 12 kungacha choʻziladi. Yoz faslida 2—4 kun, erta bahorda va kech kuzda 5—10 kun oʻtgach, tuxumlardan lichinkalar chiqadi va dar-hol tuproq orasiga kirib yashirinadi. Lichinkalar tuproqning 3—5 sm chuqurligida yashaydi; ularning rivojlanishi 1—2 hafta davom etadi; lichinkalar ekilgan urugʻlarni kemirib, zarar yetkazadi. Kurash choralari: urugʻlar unib chiqishini tezlashtirish uchun ekishdan oldin ivitish; yerni sifatli ishlash. Maysa pashshasi koʻp uchraydigan yerlarga organik oʻgitlarni kuzda solish tavsiya etiladi.
Saidmurod Alimuhamedov.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |