Vartan Aleksandrovich Mazalov (1983- yil 14-oktabr, Samarqand) — rossiyalik futbolchi, hujumchi ampulasida oʻynaydi.

Vartan Mazalov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Vardan Aleksandrovich Mazalov
Tavallud sanasi 14-oktyabr 1983-yil (1983-10-14) (41 yosh)
Tavallud joyi Samarqand, SSSR
Boʻyi 1.77 m (5 ft 10 in)
Ampluasi Hujumchi

Faoliyati

tahrir

SSKA futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Futbolchi koʻplab klublar tarkibida asosoan birinchi liga bahslarida maydonga tushgan[1]. 2003-yilda SSKAning zaxira jamoasida oʻynab, zaxira chempionatining eng yaxshi toʻpurari boʻlgan (23 uchrashuvda 15 ta gol) va musobaqada jamoasi bilan bronza medallarini qoʻlga kiritgan. 2003-yilgi chempionatning soʻnggi turida, SSKA muddatidan oldin chempionatini qoʻlga kiritgan „Rubin“ ga qarshi oʻyinda Varatan 68-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan. Ushbu oʻyin Mazalovning Premyer-ligadagi yagona oʻyin boʻlsa-da, u futbolchiga oltin medallar sohibi boʻlishga imkon yaratgan.

2004 yilda „Ximki“ ga ijaraga berilgan, mavsum oʻrtalarida esa „Anji“ga oʻtgan. 2005-yilda u SSKAga qaytib kelgan, jamoa tarkibida ikkita oʻyin oʻtkazishga muvaffaq boʻlgan. 2 ta gol urgan, shundan soʻng Chelyabinskning Spartak jamoasiga oʻtgan va yana birinchi divizion oʻyinlarida qatnashgan, u butun mavsum davomida 15 ta gol bilan klubning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. 2006-yilda Chelyabinsk jamoasi Nijniy Novgorodga koʻchib oʻtgan. Mazalov „Spartak“ safida yarim mavsum oʻynagan va „Salyut-Energiya“ jamosida oʻynash uchun Belgorodga oʻtgan. 2006-yilgi mavsumda Mazalov atigi ikki marta gol urgan. Shuningdek, SKA Rostovda 2007-yilgi mavsumni golsiz boshlagan. Shu sababli, Mazalov har doim ham asosiy tarkibda maydonga tushmagan, natijada murabbiy Frantisek Komnyatskiy bilan nizolar kelib chiqqan. Mavsum oʻrtalarida Mazalov maydonga tusha boshlagan va 11 ta gol bilan klubning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. 2008-yilda Mazalov jamoa sardori etib tayinlangan. U doimiy ravishda maydonga tushgan, ammo sentyabr oyida kutilmaganda oʻyinlardan chetlatilgan va jamoani tark etgan.

2008-yil noyabr oyida Vartan „Rostov“ jamoasi bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagan va 2009-yil 20-yanvarda oʻzaro kelishuvga koʻra shartnomani bekor qilgan, bunga Vartanning klub bilan shartnomani qayta koʻrib chiqishdan bosh tortgani sabab boʻlgan. 2009-yilning 9-martida „Anji“ bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. 2009-yil 29-iyulda u Nijniy Novgorod jamoasiga koʻchib oʻtgan, ammo 7-avgustda u oʻz tashabbusi bilan transferni rad etgan[2]. 2011-yil 1-avgustda SKA bilan shartnoma imzolagan. Muxlislar uning qaytishiga norozi boʻlishgan, chunki SKAdan ketganidan keyin Mazalov intervyuda klub va muxlislar haqida salbiy fikrlarni bildirgan. 2011-yilning noyabr oyida Mazalov ishtirokida muxlislardan biri kaltaklangani haqida xabarlar paydo boʻlgan, futbolchining oʻzi izoh berishdan bosh tortgan[3][4].

Terma jamoadagi ishtiroki

tahrir

2004-yildan 2005-yilgacha Rossiya yoshlar terma jamoasida oʻynagan.

Manbalar

tahrir