Mazdak ibn Hamdodon
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mazdak ibn Hamdodon (470-529) — mazdakiylik taʼlimotining asoschisi, mazdakiylar harakatining rahbari. M. Eron shohi Qubod I (488—531) hukmronligi davrida zardushtiylik otashgohlarining birida koqin, keyinchalik Eron bosh kohini boʻlgan. M. taʼlimotining asosida tenglik gʻoyasi yotadi. Uning fikricha, dunyoning barcha boyliklari olamlarga teng taqsimlanishi lozim. Buni zoʻrlik yoʻli bilan amalga oshirishni yoqlagan. Koqinlar va amaldorlarning iqtisodiy, siyosiy hukmronligi barbod boʻlgandan keyin Kubod I M. bilan aloqani uzdi. M. zar-dusht kohinlari va zodagonlarga qarshi dehqon va hunarmandlar qoʻzgoloniga rahbarlik qildi. 529 yil quzgolon bostirilgach, M. qatl etildi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |