Mazurka
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mazurka (polyakcha mazur — Mazoviyada yashovchi soʻzidan) — polyak xalq raqsi. Surʼati tez, musiqa oʻlchovi 3/4 yoki 3/8; ritmikasi 2-, baʼzida 3- hissaga tushadigan urgu bilan ajralib turadi. Xalq M.lariga xos joʻshqinlik, dilkashlik va dovyuraklik (18-asr oxiridan) koʻpgina kompozitorlarga ilxrm baxsh etgan. Polshada — Yu. Elsner, K. Kurpinskiy, M. Oginskiy va boshqa; Germaniyala — G. Teleman va boshqa 19-asrda M. butun Yevropada bal raqsi sifatida mashqur boʻlgan, opera va balet sahnalariga kiritilgan (M. Glinka, P. Chaykovskiy va boshqalar). F. Shopen, A. Skryabin, K. Shimanovskiylarning fortepiano M.lari jahon musiqasining mumtoz asarlariga aylangan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |