MbabaneEsvatini poytaxti. Xoxo okrugining maʼmuriy markazi. Mamlakatning shimoli-gʻarbida, Ndimba togʻlari etagida, 1150 m balandlikda joylashgan. Aholisi 40 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Iyulning oʻrtacha temperaturasi 12°, yanvarniki 24°. Yillik yogʻin oʻrtacha 1400 mm. Avtomobil yoʻli orqali Maputu (Mozambik) porti bilan boglangan. Metallsozlik, oziq-ovqat, tikuvchilik sanoati korxonalari mavjud. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qayta ishlanadi. Mbabane yaqinidan asbest qazib olinadi. Universitet, kutubxona bor. Shaharga 17-asrning oxiri — 18-asrning boshlarida asos solingan. 1903—68 yillar Svazilend Birlashgan Qirollik protektoratining maʼmuriy markazi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir