Beliz
Beliz (Belize) — Markaziy Amerikadagi davlat. Yukatan yarim orolning janubi-sharqida joylashgan. Maydoni 22 966 km². Aholisi 434 098 kishi (2024): Aholining etnik tarkibi asosan, negrlar, mulatlar, duragailar, indeyslar. Aholining 60% shaharlarda yashaydi. Rasmiy tili — ingliz tili. Dindorlarning 60% — katolik, qolganlari — protestantlar. Poytaxti — Belmopan shahri Maʼmuriy jihatdan 6 okrugga boʻlinadi. Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Davlat boshligʻi Buyuk Britaniya qiroli- Charlz III, general-gubernator uning vakili hisoblanadi. 1973-yil iyungacha u Britaniya Gondurasi deb nomlangan .
Beliz | |
---|---|
Shior: Sub umbra floreo Lotincha: Soya ostida rivojlanaman | |
Madhiya: Land of the Free | |
Poytaxt | Belmopan |
Rasmiy til(lar) | Ingliz tili |
Hukumat | Hamdoʻstlik |
• Qirol |
Karl III |
Froyla Tzalam | |
Johnny Briceño | |
Mustaqillik (Birlashgan Qirolligidan) | |
• Sana |
21-sentabr 1981 |
Maydon | |
• Butun |
22,966 km2 (151-oʻrin) |
• Suv (%) |
0.7 |
Aholi | |
• 2002-yilgi roʻyxat |
279,457 (179-oʻrin) |
• Zichlik | 12/km2 |
YIM (XQT) | 2005-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$1,778 mil. (185-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$6,362 |
Pul birligi | Belize Dollar (BZD) |
Vaqt mintaqasi | UTC–6 |
• Yoz (DST) |
UTC–6 |
Qisqartma | BH |
Telefon prefiksi | 501 |
Internet domeni | .bz |
|
Tabiati
tahrirYer yuzasi asosan tekislikdan iborat, janubiy qismida 1122 m gacha balandlikdagi Mayya togʻlari joylashgan. Neft konlari bor. Iqlimi — tropik, passat (tropiklardan ekvator tomon doim shamol esib turadi). Havoning oʻrtacha oylik temperaturasi 25°, 27°. Yiliga 2000 mm ga yaqin yogʻin yogʻadi. Katta daryolari Rio-Ondo va Beliz, koʻllar, sohil boʻylab laguna (qoʻltiq)lar koʻp. Hududining katta qismi nam tropik oʻrmonlar, aksari qimmatli daraxt turlari bilan qoplangan, shimolida — savanna. Beliz hayvonot dunyosi turli-tuman hisoblanadi.
Tarixi
tahrir16-asr boshlarigacha Beliz hududida indeys qabilalari yashagan. 16-asr boshida ispanlar bosib olgan va ularning mustamlakasiga aylangan. 1862-yildan Britaniya Gondurasi nomi bilan Buyuk Britaniya mustamlakasi. 1964-yil ichki oʻzini oʻzi boshqarish huquqini olgan. 1973-yildan mamlakat rasmiy ravishda Beliz deb atala boshladi. 1981-yil 21-sentabrda Beliz mustaqilligi eʼlon qilindi.
Iqtisodiyoti
tahrirBeliz — agrar mamlakat. Iqtisodiyotining asosi qimmatli daraxt turlari — qizil, sandal daraxtlarini chetga chiqarish uchun tayyorlash va qayta ishlash, saqich ishlab chiqariladigan xom ashyo — chikle smolasi (yelimi)ni yigʻish. Beliz chetga chiqariladigan mahsulotlar, asosan shakarqamish, banan va sitrus mevalari (apelsin, greypfrut) yetishtirishga ixtisoslashgan. Kokos palmasi, ananas, banan, kakao, ichki isteʼmol uchun makkajoʻxori, sholi ham ekiladi. Janubiy hududlarda chorvachilik bilan shugʻullaniladi. Baliq, dengiz hayvonlari ovlanadi, shuningdek taxta tilish, poʻlat prokatlash va oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Elektr energiya ishlab chiqarish — 74 mln. kVts.
Transporti
tahrirQattiq qoplamali avtomobil yoʻllari — 1,4 ming km. Asosiy dengiz porti — Beliz, uning yaqinida, Stenli Fildda aeroport bor. Belizdan chetga xom shakar, kiyim-kechak, meva konservalari, sitrus mevalar, yogʻochning qimmatli turlari, baliq chiqariladi. Oziq-ovqat, asbobuskuna, transport vositalari, kimyoviy tovarlar va yoqilgʻi keltiriladi. Savdosotikdagi asosiy mijozlari — AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Yamayka, Meksika. Xorijiy sayyohlik rivojlangan. Pul birligi — Beliz dollari. "Amandala" (1969-yildan), "Beliz Tayme" ("Beliz vaqti", 1956-yildan), "Gavernment gazett" ("Hukumat gazetasi"), "Piplz pale" ("Xalq nafasi", 1989-yildan), "Riporter" ("Muxbir", 1968-yildan) gazetalari chiqadi. 1937-yildan yarim tijorat radioeshittirish xizmati mavjud.[1]
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrirSiyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari
tahrirQonun chiqaruvchi organi — ikki palatali (senat va vakillar palatasi) Millim majlis (parlament). Ijrochi hokimiyat— bosh vazir boshchiligidagi hukumat. Birlashgan xalq partiyasi (1950), Beliz huquqi uchun milliy alyans (1992), Birlashgan demokratik partiya (1974) kabi partiyalar, Beliz milliy kasaba uyushma kongressi, Mehnatkashlarning birlashgan umumiy uyushmasi (1979, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi) mavjud.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |