Meʼmorlik orderi
Meʼmorlik orderlari (lot. ordo, frans. ordre — tartib) — ustun va toʻsinlardan iborat qurilmalarda turli qismlarning oʻzaro muvofiq boʻlishi, ularning tarkibiy va badiiy uslubi. Meʼmorlik orderlariga xos belgilar qad. Sharq meʼmorligida bor boʻlsa ham, lekin ular muayyan va oʻzgarmas tartibqonun asosida yunon meʼmorligida (miloddan avvalgi 5-asrdan boshlab) tatbiq va tartib etila boshladi. Mumtoz orderlarning nomi Yunonistondati mahalliy qabila va manzillar nomidan olingan. Meʼmorlik orderlari ustun tanasi (kolonna), boshasi (kapitel) va poyustun — kursi (baza)dan tashkil topadi. Toʻsin qismi ustma-ust joylashgan arxitrav (bosh ustun), friz va karnizdan iborat boʻlib, ular birgalikda antablementni tashkil etadi.
Doriy orderi nisbatan sodda, lekin kuch-qudrat ramzi hisoblanadi. Eng yetuk namunalarini Afina Akro-polidagi mashhur Parfenon va Propilei ehromlarida koʻrish mumkin. Qad. nusxasi esa Pestum (Kichik Osiyoning qad. shahri)dagi Poseydon ehromi harobalarida saqlangan. Doriy orderining ustun tanasi tepaga torayib boradi. Kapitel ham sodda boʻlib, u kvadrat taxtacha (abak) va ogʻirlikni bir maromda ushlab turuvchi yumaloq yostiqcha (exin)dan iborat. Abakning ustiga toʻsin yogʻochi — arxitrav qoʻyiladi.
Frizning sal boʻrtib chiqqan qismi (triglif) va uning orasidagi kvadrat taxtacha (meton)lar bilan toʻgʻri burchaklarga boʻlingan.
Ioniy orderi nazokat ramzi hisoblanadi. Mumtoz namunalari Afina Akropolidagi Erexteyon, Nika Apteros ehromlari va Propilei (darvoza)da ishlatilgan. Orderning bazasi murakkab, tanasi esa kannelyura (novsimon) shaklda, kapitel — qoʻchqor shoxidek ikki tarafga burilgan volyutalar va ular orasidagi tuxumsimon ioniklardan tashkil topgan. Arxitrav frizi tekis boʻlib, baʼzan unga relyef ham ishlanadi. Karniz qismida qator tishchalar bor.
Korinf orderi birinchi marta Yunonistondagi Apollon ehromi Bassa (qad. shahar)da qoʻllangan. Mumtoz namunalari esa miloddan avvalgi 4-asrda qurilgan Lisikrat, Shamol burji kabi bi-nolarda joriy etilgan. Bu order ioniy va doriy orderlaridan ancha keyin shakllangan boʻlib, ulardan barcha nozik sifatlarni oʻzida mujassamlashtirgan. Bular chukur savat shaklidagi kapiteli va karniz ostidagi medalonlari bilan ajralib turadi. Meʼmorlik orderlari orasida korinf orderi eng nafis va chiroylisi hisoblanib, odatda, savat koʻtargan sarvqomat qizga oʻxshatiladi. Qad. davrda tashkil topgan Meʼmorlik orderlari bejirim tuzilgan boʻlib, meʼmorlar ularni deyarli oʻzgartirmay foydalanmoqdalar.
Kad. Misr orderlari tizimi oʻsimlik dunyosi — papirus, lotos va palma daraxti shakliga xos uslublashtirilgan, ustun tanasi dumaloq (aylana), baʼzan 8 va 16 qirrali shaklda, kapiteli gʻuncha yoki ochilayotgan gul shaklida ishlangan. Meʼmorlik orderlari turli tarixiy davrlarda meʼmor nazariyotchi (Brunelleski, Alberti, Palladio va boshqalar)lar ijodida katta qiziqish uygʻotgan. Vitruviy doriy orderini erkak tanasi goʻzalligiga va mustahkam qoʻrgʻonga, ioniy orderini esa nazokatli ayol tanasiga qiyoslagan.
Oʻrta Osiyoda Meʼmorlik orderlari kushon meʼmorligida (Baqtriya, Yangi Nisa ibodatxonalari qurilishida), axomaniylar davrida Xorazmda qoʻllanilgani maʼlum.
20-asr boshlarida A. Boboxonov, A. Petrosov, L. Karash, V. Dmitriyev kabi meʼmorlar ijodida tektonik orderlar bezaklar bilan boyitilgan: Toshkentdagi S. Rahimov nomli kinoteatr (1952), Chirchikdagi kimyogarlar (1956) va Bekoboddagi metallurglar (1950— 60) madaniyat saroylarining bosh tarzi va boshqa
Poʻlat Zohidov.[1]
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |