Media matnlarida lid
Bu sahifani tezda oʻchirish taklif etiladi.
Sababi: Ensiklopedik maqola emas. Agar ushbu sahifani oʻchirish kerak emas, deb oʻylasangiz, oʻz fikringizni munozara sahifasida qoldiring. Sahifa muallifiga: Mazkur ogohlantirish xabarini aslo oʻzingiz olib tashlamang.Administratorlarga: bu yerga ishoratlar • tarix (oxirgi oʻzgarish) • oʻchirish Bu sahifa oxirgi marta Bekipediya (hissasi | qaydlar) tomonidan 07:09, 22-dekabr 2024 (UTC) (11 daqiqa avval) da tahrir qilingan. |
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Media matnlarida lid–Lid so'zi ingliz tilidan olingan bo'lib " kirish qismi " degan ma'noni anglatadi. Qurilishi jihatidan lid 3-4 gapdan ko'p bo'lmagan holda maqolaning mazmunini ochib beradi. Maqola lidi matnning asosiy qismi bo'lib, beriladigan fikr, axborot va matnning asosiy maqsadini ochib beradi. Bir gapning o'zida lid asosiy savollarga, ya'ni kim? qachon? qayerda? nimaga? nimani? qanday? kabi savollarga javob berishi kerak. Ammo butun materialning mazmunini bitta gapda jamlash natijasida chalkashliklarga yo‘l qo'ymaslik kerak. Buning uchun esa lid yozishda sodda gaplardan foydalanish va qiyin gap strukturasidan qochish va ma'no jihatidan bir biriga mos va uyg'un keladigan so'zlardan foydalanish zarur. Shuni uchun ham lid qisqa, aniq, lo'nda bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Maqolaning birinchi abzatsi o'quvchining diqqatini tortadigan va o'quvchini qiziqtirgan savollarga javob beradigan so'z va gaplardan foydalanish matnda yaxshi natija beradi. Bugungi globallashuv davrda ledning asosiy vazifasi axborotlar dunyosida dunyosidagi o'quvchiga o'ziga kerakli bo'lgan ma'lumotlarni tezroq anglab olishiga yordam berishdan iborat. Ayniqsa lid ijtimoiy tarmoqlarda berilgan matnlarning asosini tashkil etadi, ya'ni lid matnning asosiy komponenti hisoblanadi.
Tadqiqotchilar lidning bir nechta turlarini ajratishgan. Bular : 1. Asosiy lid. 2. Epizodik lid. 3. Sitata shaklidagi lid. 4. Rezonans lid
- Asosiy lid- o‘z ichiga maqolaning asosiy fikrini jam qilgan bo'ladi va uni qisqa shaklda ifodalaydi. Masalan: Bir necha kunlardan beri politsiya mahalliy isyonkorni tartibga keltirishga harakat qilmoqda.
- Epizodik lid. Lidning bu turi voqeaga tegishli bo'lgan epizod orqali yaratiladi. Masalan: "Bugun hosil bayrami avjida. Ko'pgina poliz ekinlari taqdim etildi. Eng katta qovoq tanlovi o'tkazildi. Men bu tanlovda bizning vatandoshimiz g'olib bo‘lganidan juda hursandman"- deydi Xudoyberdiyeva Roziya
- Sitata shaklidagi lid. Bunda lid o‘ziga xos sitata shaklida bo‘lib maqolaning asosiy qismini aforizm, hikmatli so‘zlar va ko‘pincha mashhur kishilar tomonidan aytilgan aqlli gaplar orqali yoritib beradi. Masalan: Men o‘z vaqtimni menga vaqtini ajrata olmaydigan insonlarga sarflamayman.
- Rezonans lidda asosiy mazmundan chetlagan holda o‘quvchining e'tiborini jalb qilish uchun keskin turda asosiy maqsadga o‘tiladi. Masalan: Planetamiz landshaftida g'aroyib ramzlar paydo bo‘lmoqda.
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrir- Saodat Shomaqsudovaning "Media matnlarida leksik birliklar" asari