Meet the Grahams
„Meet the Grahams“ – amerikalik reper Kendrick Lamar tomonidan aytilgan diss trek. U 2024-yil 3-mayda kanadalik reper Drake bilan boʻlgan bahslashuvlarga bagʻishlab chiqarilgan[1]. Bu Lamar Drakening „Family Matters“ trekiga javoban chiqargan dissi[2]. „Meet the Grahams“ning premyerasi „Family Matters“ chiqqanidan bir soat oʻtmay boʻlib oʻtdi.
„Meet the Grahams“ | ||||
---|---|---|---|---|
Kendrick Lamar singli | ||||
Chiqarilgan sanasi | 3-may, 2024-yil | |||
Yozib olingan | May 2024 | |||
Janr | ||||
Davomiyligi | 6:32 | |||
Leybl | Interscope | |||
Matn muallif(lar)i | Kendrick Duckworth | |||
Prodyuser(lar) | The Alchemist | |||
Kendrick Lamar singllari xronologiyasi | ||||
| ||||
Audio video | ||||
"Meet the Grahams" YouTubeda |
„Meet the Grahams“ xabarnoma shaklida yozilgan boʻlib, har bir qatori Drakening oila aʼzolariga, jumladan, uning oʻgʻli Adonis, uning ota-onasi Sandra va Dennis Graham, uning qizi (trekda „baby girl“ deb ataladi) va reperning oʻziga qaratilgan. Qoʻshiqda Lamar Drakeni otasi yoʻqligida, oʻzining OVO Sound records bilan jinsiy zoʻravonlik uchun shartnoma tuzganlikda ayblab, oʻzini jinsiy zoʻravon deya ataydi. U, shuningdek, Drake oʻzining Torontodagi uyidan jinsiy savdo aylanmasini boshqarayotganini daʼvo qilib, tez orada huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan reyd oʻtkazilishini aytdi. Lamar yana Drakeni oilasi, OVO Sound yorligʻidagi hamkasblari va oʻzi haqida yolgʻon gapirishda ayblaydi.
Muqaddima
tahrirAubrey Drake Grahamning oila aʼzolari: ota-onasi Sandra va Dennis Graham, turmush oʻrtogʻi Sofi Brussaux bilan oʻgʻli Adonisdan tashkil topgan. Adonis dastlab jamoatchilik eʼtiboridan yashirib kelingan, ammo repper Pusha T tomonidan aytilgan „The Story of Adidon“ diss trekida u haqida aytgan gaplaridan soʻng, Drakening oʻzi ham u haqida tan olgan[3]. Drake va Kendrick oʻrtasidagi nizolar, garchi 2010-yillardan beri davom etib kelayotgan boʻlsa-da, 2024-yil mart oyida eng yuqori yangi choʻqqilarga koʻtarildi, Lamar „Like That“ qoʻshigʻi matnida Drakening shaxsiyati haqida haqoratli soʻzlarni aytib oʻtadi. Bunga kanadalik reper Rick Ross, Future, va The Weeknd bilan birgalikda aytgan „Push Ups“ qoʻshigʻi bilan javob beradi. Lamar esa „Euphoria“ni chiqardi va Drakening aralash qora tanli odam sifatida merosini shubha ostiga oladi. Oʻsha haftada u Drakening OVO Sound yorligʻida sotqinlar borligiga daʼvo qilib, „6:16 in LA“ nomli boshqa diss trekini taqdim etdi. Bunga javoban esa „Family Matters“ treki eʼlon qilindi, unda u Lamarni uzoq yillik sherigi Whitney Alfordga qarshi xiyonatda aybladi[4]. Bir soatdan kamroq vaqt oʻtgach, Kendrick „Meet the Grahams“ singlini chiqardi.
Kompozitsiya
tahrirThe Alchemist tomonidan yozilgan „Meet the Grahams“ Lamarning oldingi javoblaridan farqli oʻlaroq, Timothy Carpenter & Truinityning „I Want To Make It“ qoʻshigʻidan olingan qoʻrqinchli pianino ritmi, xavotirli muhit atmosferasini beruvchi ovozlarni ishlatiladi. Qoʻshiq matnida Drake Jinsiy zoʻravonlik, jinsiy savdo aylanmalarini tashkil qilish kabi bir necha jinoiy ishlarda ayblanadi[5][6].
Trekning matnida Drakening oila aʼzolariga qaratilgan bir nechta qatorlar ham mavjud. Birinchi misra Drakening oʻgʻli Adonisga, ikkinchisi Drakening ota-onasi Dennis va Sandra Graham, uchinchisi qizi va oxirgi misralar reperning oʻziga qaratilgan. Qoʻshiqda Lamar Drake yashirin farzandi, qizi borligini daʼvo qiladi, Drakeni hozirgi fazandlaridan tashqari boshqa bolalarga otalik qilishda ayblaydi, Drake hamkorlida ishlaydigan studiya OVO Sound tarkibida turli jinoyatchilar borligini aytadi va uni jinsiy yirtqich deb ataydi. Lamar, shuningdek, Drake oʻzining Torontodagi uyidan jinsiy savdo halqasini boshqarayotgani haqida eslatib oʻtadi va uning „The Embassy“ deb nomlanuvchi uyida huquq-tartibot idoralari tomonidan reyd oʻtkazilishini zarurligini aytadi[7][8].
Chartlar
tahrirChart (2024) | Oʻrni |
---|---|
Avstraliya (ARIA)[9] | 42 |
Australia Hip Hop/R&B (ARIA)[10] | 10 |
Kanada (Canadian Hot 100)[11] | 16 |
Global 200 (Billboard)[12] | 17 |
Irlandiya (IRMA)[13] | 26 |
Litva (AGATA)[14] | 26 |
MENA (IFPI)[15] | 17 |
Yangi Zelandiya (Recorded Music NZ)[16] | 22 |
Portugaliya (AFP)[17] | 54 |
Janubiy Afrika (Billboard)[18] | 19 |
Shvetsiya (Sverigetopplistan)[19] | 93 |
Shveysariya (Schweizer Hitparade)[20] | 68 |
Birlashgan Qirollik (UK Singles Chart)[21] | 28 |
Birlashgan Qirollik (UK R&B)[22] | 5 |
AQSh (Billboard Hot 100)[23] | 12 |
AQSh (Hot R&B/Hip-Hop Songs)[24] | 6 |
Havolalar
tahrir- ↑ Horowitz, Steven J. „Drake and Kendrick Lamar Get Personal on Simultaneously Released Diss Tracks 'Family Matters' and 'Meet the Grahams'“ (en-US). Variety (2024-yil 4-may). 2024-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-may.
- ↑ Savage, Mark „Drake and Kendrick Lamar get personal on simultaneously released diss tracks“. BBC News (2024-yil 4-may). 2024-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-may.
- ↑ Baxter-Wright, Dusty „Drake confirms he has a son on new album, Scorpion“. Cosmopolitan (2018-yil 29-iyun).
- ↑ „Drake vs. Kendrick Lamar: the juiciest moments in their beef“. CBC Music (2024-yil 4-may). 2024-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-may.
- ↑ Cline, Georgette ClineGeorgette „Kendrick Lamar Annihilates Drake With 'Meet the Grahams' Diss Letter to Adonis, Drake's Mom, Dad and Alleged Secret Daughter“ (en). XXL Mag (2024-yil 4-may). 2024-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-may.
- ↑ Saponara, Michael (2024-05-04). „Kendrick Lamar Quickly Replies to Drake With Blistering 'Meet the Grahams' Diss Track: Listen“. Billboard (ingliz (Amerika)). 2024-05-04da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2024-05-04.
- ↑ Kreps, Daniel (2024-05-04). „Kendrick Lamar and Drake Trade Diss Tracks as Rap War Rages On“. Rolling Stone (ingliz (Amerika)). 2024-05-04da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2024-05-04.
- ↑ Lyrics for „Meet the Grahams“ via Genius
- ↑ "Kendrick Lamar – Meet the Grahams". ARIA Top 50 Singles. Qaraldi: 2024-yil 20-may.
- ↑ „ARIA Top 40 Hip Hop/R&B Singles Chart“. Australian Recording Industry Association (2024-yil 13-may). Qaraldi: 2024-yil 10-may.
- ↑ "Kendrick Lamar Chart History (Canadian Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2024-yil 14-may.
- ↑ "Kendrick Lamar Chart History (Global 200)". Billboard. Qaraldi: 2024-yil 14-may.
- ↑ "Official Irish Singles Chart Top 50". Official Charts Company. Qaraldi: 2024-yil 10-may.
- ↑ „2024 19-os savaitės klausomiausi (Top 100)“ (lt). AGATA (2024-yil 10-may). Qaraldi: 2024-yil 10-may.
- ↑ „The Official Mena Chart - This Week's Official MENA Chart Top 20 from 03/05/2024 to 09/05/2024“. theofficialmenachart.com. International Federation of the Phonographic Industry. 2024-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-may.
- ↑ "Kendrick Lamar – Meet the Grahams". Top 40 Singles. Qaraldi: 2024-yil 20-may.
- ↑ "Kendrick Lamar – Meet the Grahams". AFP Top 100 Singles. Qaraldi: 2024-yil 20-may.
- ↑ „Kendrick Lamar Chart History (South Africa Songs)“. Billboard. Qaraldi: May 14, 2024.
- ↑ "Kendrick Lamar – Meet the Grahams". Singles Top 100. Qaraldi: 2024-yil 20-may.
- ↑ "Kendrick Lamar – Meet the Grahams". Swiss Singles Chart. Qaraldi: 2024-yil 12-may.
- ↑ "Official Singles Chart Top 100". Official Charts Company. Qaraldi: 2024-yil 10-may.
- ↑ "Official R&B Singles Chart Top 40". Official Charts Company. Qaraldi: 2024-yil 11-may.
- ↑ "Kendrick Lamar Chart History (Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2024-yil 14-may.
- ↑ "Kendrick Lamar Chart History (Hot R&B/Hip-Hop Songs)". Billboard. Qaraldi: 2024-yil 14-may.