Megalitik inshootlar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Megalitik inshootlar (mega... va yun. lithos — tosh) — miloddan avvalgi 3—2 ming yillikka mansub diniy insho-otlar. Tarashlangan va yarim tarashlangan katta toshlardan ishlangan. Megalitik inshootlar, asosan, eneolit davri (miloddan avvalgi 3ming yillik)da paydo bulgan. Unga dilit, trilit, dolmenlar, yopik, yulak, yulakli maqbaralar, tosh kugilar, mengirlar, kromlex va tosh xiyobonlar, shuningdek, yolgʻiz tosh bulaklari va toshtaxtalar terib ishlangan katta isteh-kom va uy qoyalarni uyib, kesib ishlangan maqbaralar kiradi. Ular juda kup mamlakatlarda Skandinaviyadan Jazoirgacha, Portugaliyadan Xitoygacha, Koreya va Hindiston, shuningdek, Fransiya, Belgiya, ayniqsa, Shim. Kavkaz, Shvetsiya, Angliya, Shotlandiya, Gretsiya, U rta yer dengizi qirgʻoklari, Tunis, Misrda keng tarqalgan. Oʻzbekistonda Megalitik inshootlar Jizzax yaqinidagi Qulfsar qabristonida topilgan. Qabr va mozor ustiga qoʻyilgan Megalitik inshootlar, asosan, marhumlarni abadiy, mustahkam "maskan" bilan taʼminlash maqsadida barpo etilgan. Megalitik inshootlar qurish jez asrida eng kjsak darajaga koʻtarilgan. Yaponiya va Indoneziyada temir davrining boshlarigacha davom etgan. Hindistonning Munda xalqlari guruhida Megalitik inshootlar qurish hamon saqlanib kelmoqda. Megalitik inshootlarning ustiga yotqizilgan toshtaxtalarning ogʻirligi 40 t, tosh boʻlaklari 300 t gacha boʻlganidan ibtidoiy sharoitda ularni barpo etish mushkul ish edi. Buning uchun richag va valiklarni qoʻllashdan tashqari koʻp sonli qabila, urugʻ va jamoalarning birlikdagi harakatlari talab etilgan. Uning koʻrinishidagi texnik masala na faqat maʼlum koʻrinishidagi yechimini, balki quruvchilar maʼlum estetik mujassamlashuvida marom, nisbat, masshtab va shakllar muhitini his qilganligidan guvoxlik beradi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |