Megan Gallagher

amerikalik aktrisa

Megan Gallagher (1960-yil 6-fevralda tugʻilgan) — amerikalik teatr va televideniye aktrisasi. Juilliard maktabida John Houseman rahbarligida tahsil olgan Gallagher oʻz faoliyatini teart sahnalarida boshlagan hamda Broadwaydagi bir qancha teatr spektakllarida ishtirok etgan. Shuningdek, A Few Good Men sahna koʻrinishidagi roli uchun Teatr world mukofotini qoʻlga kiritgan.

Megan Gallagher
Tavalludi 6-fevral 1960-yil (1960-02-06) (64 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1984-hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi Jeff Yagher
Bolalari 2 nafar

Yoshligi tahrir

Gallager 1960-yilning 6-fevral sanasida Pennsylvania shtatining Reading shahrida[1][2] Aileen va Donald Gallagherlar oilasida tugʻilgan[3]. Oilada olti farzandning beshinchisi boʻlgan[4]. Uning onasi ham yoshligida aktrisa boʻlgan, turmushga chiqqandan soʻng, faoliyatini yakunlagan. Gallagher oʻz faoliyatini bolaligida onasi bilan Broadway teatr spektakllariga borgan paytlarida boshlagan[5]. U, shuningdek, Mary Tyler Moore va Katherine Hepburnni oʻz karyerasiga taʼsir koʻrsatgan shaxslar deb hisoblaydi[5]. Aktrisa, hattoki, Wyomissing Area Junior/Senior High Schoolda oʻqigan paytlarida u yerdagi mahalliy jamoat teatri, Genesiusda mashqlarni davom ettirish uchun oʻrta maktab bitiruv marosimiga bormaslikni tanlagan[4].

Faoliyati tahrir

Gallagher oʻz faoliyatini teatr sahnalarida boshlagan, u Paul Osbornning Oliver Oliver spektaklida hamda 1989-yili Broadwayda Aaron Sorkinning "A Few Good Men sahna asarida rollar oʻynagan[5]. Oxirgi spektakldagi leytenant-komandir JoAnne Galloway obrazi unga Teatr olami mukofoti[6] va tashqi tanqidchilar doirasi mukofotiga sazovor boʻlishiga sababchi boʻldi[7]. 1993-yilda aktrisa Angels in Americaning ikkala qismi: A Gay Fantasia on National Themes—Millennium Approaches va Perestroikaning Broadway spektakllarida ishtirok etgan[2]

Shaxsiy hayoti tahrir

Gallagher aktyor Jeff Yagher bilan turmush qurgan[8] va ularning ikki nafar[5] — bir juft egizak farzandlari bor[9]. U aktrisa Catherine Hicks va vizajist Kevin Yagher bilan qarindoshchilik aloqalariga ega[8].

Filmografiyasi tahrir

Yil Sarlavha Rol
1984 Sins of the Past Ellen Easton
1984 George Washington Peggy Shippen
1986 L.A. Law Leslie Aaron
1986 Hill Street Blues Tina Russo
1987 The Slap Maxwell Story Judy Ralston
1989 Champagne Charlie Pauline
1989 China Beach Wayloo Marie Holmes
1991 Law & Order Monica Devries
1991 Blossom Arlene
1991 Pacific Station Sandy Calloway
1991 …And then She Was Gone Laura McKillin
1992 The Larry Sanders Show Jeannie Sanders
1993 Picket Fences Sydney Hall
1993 Empty Nest Heather Cook
1993 Star Trek: Deep Space Nine Nurse Garland / Mareel
1995 Nowhere Man Alyson Veil
1996 ER Kathy Snyder
1996 Millennium Catherine Black
1998 The Christmas Takeover Elyse Madison
1999 The Outer Limits Terry Russo
1999 Lethal Vows Lorraine Farris
2000 Chicken Soup for the Soul Carrie
2000 Star Trek: Voyager Leynenat Jaryn
2001 Family Law Jamie Washington
2002 Without a Trace xonim Freedman
2003 The District Doktor Cherry
2003 1st to Die Jill Barnhart
2004 Life as We Know It Leslie Miller
2006 7th Heaven Rosening onasi
2007 24 Jillian Wallace
2010 The Mentalist May Nelson
2013 Suits Laura Zane
2017 Double Mommy Tricia Bell
2017 Designated Survivor Alice Rowland

Manbalar tahrir

  1. „Megan Gallagher | Biography and Filmography“. Hollywood.com. Qaraldi: 18-sentabr 2015-yil.
  2. 2,0 2,1 „Megan Gallagher | IBDB: The official source for Broadway information“. Internet Broadway Database. Qaraldi: 18-sentabr 2015-yil. „Megan Gallagher | IBDB: The official source for Broadway information“. Internet Broadway Database. Retrieved September 18, 2015.
  3. Abrams, Mark. „Local Actress Makes Strides“. Reading Eagle (1-noyabr 1987-yil). Qaraldi: 18-sentabr 2015-yil.
  4. 4,0 4,1 Matthews, Jay. „Taking a `Slap' Shot at Success; Megan Gallagher, Losing the Blues in `Maxwell' Role“. The Washington Post. HighBeam Research (28-oktabr 1987-yil). 20-fevral 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-yanvar 2016-yil.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 McLean et al. 2012.
  6. „Theatre World Awards“. Theatre World. Qaraldi: 18-sentabr 2015-yil.
  7. „Awards for 1989–1990“. Outer Critics Circle. 29-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-sentabr 2015-yil.
  8. 8,0 8,1 „Star Trek Exclusive Interview: DS9 & Voyager Guest Star Megan Gallagher“. StarTrek.com (27-sentabr 2013-yil). Qaraldi: 18-sentabr 2015-yil.
  9. Lee, Luaine. „Megan Gallagher returns in Hallmark's `A Time to Remember'“. Knight Ridder/Tribune. HighBeam Research (9-noyabr 2003-yil). 20-fevral 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-yanvar 2016-yil.

Havolalar tahrir