Mehdi Ballushi (arabcha: مهدي بلوشي(1983-yil 6-aprel), Kasablanka) — marokashlik professional futbolchi va yarim himoyachi, MLSning turli klublarida 11 mavsum o‘ynagan.

Mehdi Ballushi
Mehdi Ballushi Nyu-York Red Bulls safida
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 6-aprel, 1983-yil
Tavallud joyi Kasablanka, Marokash
Boʻyi 180
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub

Nyu-York City klubi

Bosh murabbiy yordamchisi

Klubdagi faoliyati tahrir

Mehdi Balushi dastlab o‘z futbolchilik faoliyatini Kasablankaning “Raja” klubi yoshlar jamoasida boshlagan, shu bilan birga Marokash yoshlar terma jamoasida ham o‘ynagan. 2000-yilda u Qo‘shma Shtatlarga ko‘chib o‘tadi va u yerda bir yil Creighton universiteti jamoasida va ikki yil Santa Klara universiteti jamoasida o‘ynaydi, u yerda 2005-yilda NASS yulduzlar jamoasiga[1] qo‘shilish uchun tayyorgarlik ko‘rib yuradi. Oradan biroz vaqt o‘tgach shartnoma imzolashga muvaffaq bo‘ladi[2].

2007-yil iyul oyida u Kolorado Rapidsdan Kayl Bekkermanga transfer qilinadi[3]. Ballushi bilan “Rapids” o‘rtasidagi shartnoma tufayli ular orasidagi munosabat biroz sovuqlashadi. 30-iyul kuni u Kanzas Siti Uizards o‘yinchisi Sasha Viktorinni urgani uchun 1000 dollar jarimaga tortiladi va 2 o‘yinga diskvalifikatsiya qilinadi, ammo shunga qaramay, iste‘dodi tufayli keyinchalik Ballushi klubning asosiy o‘yinchisiga aylanadi.

2010-yil 13-sentabrda Balushi boshqa bir o‘rinchi Makumba Kanji o‘rniga Nyu-York Red Bulls klubiga o‘tadi[4]. 16-sentyabr kuni bo‘lib etgan bahsda klubdagi debyutini o‘tkazadi va Dallasga qarshi o‘yinda birinchi golini uradi.

2012-yil 30-iyulda Ballushi 2013-yilgi mavsum uchun qo‘shimcha xorijiy o‘yinchi o‘rinlari va 2013-yilgi MLS qo‘shimcha loyihasi doirasida[5] “San-Xose Zilziks”ga almashtiriladi. 2012-yil 30-sentyabrda Dallasga qarshi kechgan bahsda Mehdi tizzasidan jiddiy jarohat oladi. Tizzaning oldingi xochsimon payi uzilganligi sababli, u yetti oyni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi.

2013-yil 18-dekabrda, 2013-yilgi MLSga qaytish loyihasining ikkinchi bosqichida Ballushi Vankuver Uaytkeps[6] tomonidan tanlanadi va Balushi va ular o‘rtasida 2014-yil 27-yanvarda shartnoma imzolanadi[7].

2014-yil 10-dekabrda Ballushi Nyu-York Siti tomonidan 2014-yilgi MLS loyihasida yana bir bor tanlanadi[8]. 2016-yil 18-noyabrda Ballushi nafaqaga chiqqanini e‘lon qiladi[9][10].

2017-yil iyul oyida Ballushi Nyu-York Siti FKga qaytib, klub akademiyasida murabbiy bo‘ladi[11]. 2020-yilning 10-yanvarida Ballushi “Nyu-York Siti” klubi bosh murabbiyi Roniya Deylaning shtabiga yordamchi sifatida kelib qo‘shiladi[12][13].

Manbalar tahrir

  1. „Mehdi Ballouchy Bio“ (en). Santa Clara Broncos. 2018-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-fevral.
  2. „2006 MLS SuperDraft“ (en). MLSsoccer.com (2006-yil 20-yanvar). 2020-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-yanvar.
  3. „Rapids Acquire Moroccan Midfielder Mehdi Ballouchy from Real Salt Lake“ (en). Colorado Rapids (2007-yil 16-iyul). 2020-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-yanvar.
  4. „RBNY acquires midfielder Mehdi Ballouchy“ (en). New York Red Bulls (2010-yil 13-sentyabr). 2016-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-oktyabr.
  5. „Earthquakes acquire M Mehdi Ballouchy“ (en). San Jose Earthquakes (2012-yil 30-iyul). 2020-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-yanvar.
  6. „Whitecaps FC select Mehdi Ballouchy in Stage 2 of 2013 MLS Re-Entry Draft“ (en). Vancouver Whitecaps FC (2013-yil 18-dekabr). 2016-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-oktyabr.
  7. „Vancouver Whitecaps deal for All-Star defender Steven Beitashour, sign midfielder Mehdi Ballouchy“ (en). MLSsoccer.com (2014-yil 27-yanvar). 2016-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-oktyabr.
  8. „New York City FC select Mehdi Ballouchy with sixth selection in 2014 MLS Expansion Draft“ (en). Vancouver Whitecaps FC (2014-yil 10-dekabr). 2018-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-oktyabr.
  9. Mark Booth. „Mehdi Ballouchy Retires“ (en). New York City FC (2016-yil 18-noyabr). 2020-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-yanvar.
  10. Benjamin Baer. „Mehdi Ballouchy retires from MLS after 11-year career“ (en). MLSsoccer.com (2016-yil 18-noyabr). 2016-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-yanvar.
  11. Mark Booth. „Mehdi Ballouchy Rejoins NYCFC as U-15s Coach“ (en). New York City FC (2017-yil 10-iyul). 2020-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-yanvar.
  12. „New York City FC Promotes Mehdi Ballouchy to Assistant Coach“ (en). New York City FC (2020-yil 10-yanvar). 2020-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-yanvar.
  13. Jonathan Sigal. „New York City add Mehdi Ballouchy to coaching staff“ (en). MLSsoccer.com (2020-yil 10-yanvar). 2020-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-yanvar.