Mehdi Taremi - futbolchi (forscha: مهدی طارمی;, 1992-yil 18-iyulda tugʻilgan) — Eronlik professional futbolchi, Primeira Ligasining „Portu“ klubi va Eron terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Mehdi Taremi
Taremi Eron bilan o’tkazilgan 2019-yilgi Osiyo kubogi o’yinida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mehdi Taremi[1]
Tavallud sanasi 18-iyul 1992-yil (1992-07-18) (31 yosh)
Tavallud joyi Bushehr, Iran[1]
Boʻyi 1.87 m[2]
Ampluasi Striker (association football)
Klub maʼlumoti
Joriy klub
FC Porto
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002—2006 Bargh Bushehr
2006—2010 F.C. Iranjavan Bushehr
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2012 Bushehr 8 (1)
2012—2014 F.C. Iranjavan Bushehr 22 (12)
2014—2018 Persepolis F.C. 87 (45)
2018—2019 Al-Gharafa 30 (13)
2019—2020 Rio Ave F.C. 30 (18)
2020- FC Porto 77 (41)
Milliy terma jamoa
2011—2012 Iran national under-20 football team 6 (0)
2013 Iran national under-23 football team 1 (0)
2015- Iran national football team 60 (28)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(29-oktabr 2022-yil uchun)

Faoliyatini „Shohin Bushehr“ va „Eronjavon“ klublarida boshlagan Taremi 2014—2018-yillarda „Persepolis“da oʻynagan, u ikki marta (2015-2016 va 2016—2017-yil) Fors koʻrfazi Pro ligasi toʻpurari boʻlgan. U 2018—2019-yillarda Qatarning „Al-Garafa“ jamoasida oʻynagan, undan oldin Portugaliyaning „Rio Ave“ klubiga oʻtgan va u bilan 2019—2020-yillarda Primeira ligasining toʻpurari boʻlgan. 2020-yilda u Portugaliyaning „Portu“ jamoasiga oʻtdi.

Taremi birinchi marta 2015-yilda kattalar safida toʻp surib maydonga tushadi va 2018-yilgi Jahon chempionati va 2019-yilgi Osiyo kubogida futbol oʻynadi.

Klub faoliyati tahrir

Avvalgi faoliyati tahrir

Taremi oʻz faoliyatini birinchi boʻlib Barg Busher akademiyasida boshlagan, keyin Eronjavon Yoshlar akademiyasiga oʻtib ketgan[3].

Shahin Busher tahrir

U 2010-yilning yozida Shohin Bushehrga kelib qoʻshilgan edi. U barcha musobaqalarda 7 ta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan. 2012-yilning qishida u Shohin Bushehr tomonidan harbiy klubda chaqiruv muddatini oʻtkazish uchun qoʻyib yuborilgan, biroq u klubga qoʻshila olmagan va chaqiruv muddatini odatdagi garnizonda oʻtkazishga majbur boʻolgan edi[4].

Eronjavan tahrir

U 2013-yilning yozida „Eronjavan“ safiga kelib qoʻshilgan va 2014—2015-yilgi mavsum oxirigacha ikki yillik shartnoma imzolagan va unga esa fotbol oʻyinidagi ishtiroki uchun 9-raqam berilgan. Taremi 2013—2014-yilgi mavsumda 22 ta oʻyinda 12 ta gol uradi va Moxtar Jomehzodadan keyin liga toʻpurari boʻladi.

Persepolis tahrir

 
Taremi Persepolis mashgʻulotlarida.

2015—2016-yillar tahrir

 
Taremi Tehron derbisida „Persepolis“ safidago oʻyinda.

Taremi diskvalifikatsiya tufayli yangi mavsumning birinchi haftasini oʻtkazib yuboradi, ammo 2015-yilning 6-avgustida oʻzining birinchi oʻyinida u „Estegʻlal Xuzistan“ga 2:1 hisobida magʻlub boʻlganida gol urdi. Taremi Fooladga qarshi 2-0 haftalik beshinchi gʻalabada ikkita gol urdi. Bu „Persepolis“ning mavsumdagi ilk gʻalabasi boʻldi va uni quyi ligadan olib chiqdi. Taremi avgust oyida yaxshi oʻyin koʻrsatib, muxlislar ovoziga koʻra, Navadning eng yaxshi futbolchisi deb topiladi[5]. 2015-yilning 18-dekabrida Taremi „Persepolis“ning 2:0 hisobidagi gʻalabasida Rah Axanga qarshi oʻyinda dubl qayd etdi. U 12 oʻyinda 9 ta gol urib, liganing birinchi yarmini toʻpurar sifatida yakunlab beradi.

2017—2018-yillarda tahrir

 
Taremi „Al-Garafa“da oʻyinida

Portu tahrir

 
Taremi 2021-yilda "Portu" da oʻynaydi.

Katta tahrir

 
Taremi Eronning JCh −2018-yilda Marokash darvozasiga urgan golini nishonlamoqda
 
Taremi 2019-yil Osiyo Kubogida Xitoy darvozasiga urgan golini nishonlamoqda

Taremi 2015-yilning 11-iyun kuni Oʻzbekistonga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan. U 2015-yil 16-iyun kuni Turkmanistonga qarshi Jahon chempionati saralash bosqichidagi oʻyinda ham ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushgan.

Faxrlari tahrir

 
Taremi Persepolis kubogini nishonlash marosimida.

Yana qarang tahrir

  • Primeira Liga xet-triklari roʻyxati

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Mehdi Taremi“. Global Sports Archive. Qaraldi: 16-iyun 2021-yil.
  2. „2018 FIFA World Cup Russia – List of Players“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (4-iyun 2018-yil). 9-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-iyun 2018-yil.
  3. „فوتبالیست بوشهری به تیم پرسپولیس تهران پیوست – Tasnim“ (fa). 24-sentabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-yanvar 2018-yil.
  4. „PTFBU.IR – Biography“. 7-fevral 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-may 2014-yil.
  5. „فوتبالی‌ترین | „طارمی“ بهترین بازیکن ماه از نگاه نود شد“. footballitarin.com. 2-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-sentabr 2015-yil.