Mehmed Uzun
Mehmed Uzun (1953-yil 1-yanvar – 2007-yil 10-oktabr) – turkiyalik yozuvchi. Turkiyaning Shanliurfa viloyati Siverek shahrida tugʻilgan. 1920-yildan 1990 -ilgacha Turkiyada kurd tili taqiqlangan boʻlsa-da, u bu tilda yozgan. Zamonaviy kurd adabiy tilini shakllantirish va kurdlarning hikoya qilish anʼanasini qayta tiklash yoʻlida koʻp yutuqlarga erishdi. 1977–2005-yillarda u siyosiy qochqin sifatida Shvetsiyada yashab, kurd tilida oʻnlab roman va esselar yozgan. 2005-yil iyun oyida Istanbulga qaytib keldi. U PEN klubi va Shvetsiya yozuvchilar uyushmasi aʼzosi boʻlgan. 2006-yil 29-mayda unda oshqozon saratoni borligi aniqlandi[1]. Stokgolmdagi Karolinska universiteti kasalxonasida davolangach, Turkiyaning Diyarbakir shahriga qaytib keldi. 2007-yil 10-oktyabrda 54 yoshida vafot etgan.
Mehmed Uzun | |
---|---|
Tavalludi |
1-yanvar 1953-yil |
Vafoti |
10-oktyabr 2007-yil (54 yoshda) Diyarbakir, Turkey |
Ijod qilgan tillari | Kurd tili, Turk tili va Shved tili |
Fuqaroligi | Turkiya va Shvetsiya |
Ishlari
tahrirU kurd tilida yettita roman nashr ettirgan. Mehmed Uzun 1985-yilda zamonaviy kurd romani boʻyicha oʻzining birinchi ishi – "Tu" (Sen)ni nashr ettirdi. Uning romanlari 1990-yillarda Yevropa tillariga tarjima qilina boshlagan. Uning ikkita kitobi shved tilida nashr etilgan: Granatäppelblomning (Anor gullari) va "I skuggan av en förlorad kärlek" (Yoʻqolgan sevgi soyasida) romani. Uzun 2001-yilda hikoya qilish anʼanasidagi ishi uchun Torgny Segerstedt mukofotiga sazovor boʻldi.
Turkiya hukumati bilan ziddiyat
tahrirMehmed Uzun Turkiyada kurd adabiyoti sohasidagi faoliyati tufayli bir necha bor ayblangan. U 1976-yil 21-martda hibsga olingan va „separatizm“da ayblanib, Anqara markaziy qamoqxonasiga qamalgan. 1976-yilning yozida sudda u kurdlar va kurd tilining mavjudligini isbotlashga urindi. Prokurorning argumenti kurdlar va ularning tilining mavjudlik shakliga ega emas edi. Buning aksini daʼvo qilgan har bir kishi separatist hisoblanib, unga nisbatan jazo qoʻllangan. U sakkiz oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. 1977-yilda Shvetsiyaga joʻnab ketdi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Kurdish media -Famous novelist Mehmed Uzun has cancer Webarxiv andozasida xato:
|url=
qiymatini tekshiring. Boʻsh. - ↑ „Turkish Migrant Writers1 in Europe: Mehmed Uzun in Sweden and Aras Ören in West Germany“ (2016-yil 21-iyun). Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.