Mehmet Ali Birand — 1941-yil 9-dekabrda Turkiyada tug'ilgan.Turkiyalik yozuvchi jurnalist, siyosiy sharhlovchidir.

Mehmet Ali Birand
Tavalludi 1941-yil 9-dekabr
Vafoti 2013-yil
Şişli, Istanbul, Turkey
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi Jurnalist,yozuvchi siyosatchi
Faoliyat yillari 1964–2013-yillar
Turmush oʻrtogʻi Cemre Birand
Bolalari 1

Biografiyasi tahrir

Izzet va uning rafiqasi Mürvet oilasida ,1941-yil 9-dekabrda Istanbulning Beyoğlu,shahrida tug'ilgan. Uning onasi kurd millatiga mansub edi[1][2][3]. O'rta ta'limni Galatasaray Liseyida tamomlagan[4].

Faoliyati tahrir

Birand jurnalistlik faoliyatini 1964-yilda Milliyet gazetasida chop etish bilan boshlagan. 1992-yilda u Show TV telekanalida o'z faoliyatini boshlandi. Birand 32 deb nomlangan siyosiy ko'rsatuvni olib bora boshladi. 1985-yilda birinchi marta TRTda ish boshlagan, keyin esa CNN Turk va Show TV telekanalida ish faoliyatini davom ettirgan. U CNN Turk telekanalida kundalik yangiliklarni ham olib bora boshladi. 2013-yilda vafot etishidan oldin u Kanal D da ishlagan, yangiliklarni olib borgan[4].

Shuningdek, u 30 Sıcak Gün, Diyet, Turkiyaning Avrupa Macerası, 12 - Sentyabr 04.00 va Emret Komutanim kabi bir qancha kitoblar muallifi.

Birand shu bilan birga, Galatasaroy boshqaruv kengashi va sodiq boshqaruv kengashi a'zosi ed[5].

O'limi tahrir

Birand 2013-yilning 17-yanvarida Istanbuldagi Amerika kasalxonasida o‘t pufagidagi stentni almashtirish operatsiyasi asoratlaridan vafot etdi. U bir muncha vaqt saraton kasalligidan davolangan. U vafot etganda 71 yoshda bo'lgan[6].

Ish faoliyati tahrir

  • 1964–1992-yillarda Milliyetda ishlagan.
  • 1992–1998-yillarda Sabahda faoliyatini davom ettirgan.
  • 1999–2013-yillarda Pochtada ishlagan.
  • 2001–2013-yillarda Hurriyetda 2001–2011-yillarda esa Milliyetda faoliyat yuritgan.

Manbalar tahrir

  1. „Birand: Kürt olmakla gurur duyuyorum“ (tr). Haber7 (2012-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 10-iyun.
  2. „If I were an Armenian, I would have been proud – prominent Turkish journalist“ (en). news.am. Qaraldi: 2022-yil 20-oktyabr.
  3. „Mehmet Ali Birand: Asimile olmuş bir Kürt'üm“. www.ensonhaber.com. Qaraldi: 2022-yil 20-oktyabr.
  4. 4,0 4,1 „Mehmet Ali Birand Biyografisi“ (Turkish). Son dakika. 2013-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 15-dekabr.
  5. „Yönetim Kurulu Üyeleri“ (Turkish). Kamuoyunu Aydınlatma Platformu (2012-yil 21-sentyabr).
  6. „Prominent Turkish journalist, HDN columnist Birand passes away“. Hürriyet Daily News (2013-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 17-yanvar.

Havolalar tahrir