Mehnat daftarchasi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mehnat daftarchasi - xodimning mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi asosiy hujjat. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga koʻra, ish beruvchi korxonada 5 kundan ortiq ishlayotgan xodimlarning hammasiga Mehnat daftarchasini tutishi shart (oʻrindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasno). Mehnat daftarchasiga xodim, u bajarayotgan ish haqidagi maʼlumotlar kiritiladi. Jazolar Mehnat daftarchasiga yozilmaydi. Mehnat shartnomasi (kontrakti) xodimning tashabbusi bilan kasalligi, nogironligi, qarilik tufayli pensiyaga ketishi, oliy yoki oʻrta maxsus oʻquv yurtiga yoxud aspiranturaga kirganligi va qonun muayyan imtiyozlar, afzalliklar berishni nazarda tutadigan boshqa sabablarga koʻra bekor qilinganda, Mehnat daftarchasiga ishdan boʻshash haqidagi yozuv ushbu sabablarni koʻrsatgan holda yoziladi. Xodim ishdan boʻshaganda Mehnat daftarchasi unga ishdan boʻshash kunida beriladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |