Mehrjon
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mehrjon, Mehrjon — kuzgi teng kunlikda kuz bayrami sifatida oʻtkazilgan bayram. Miloddan avvalgi 1 ming yillik boshida bunday kuzgi bayramlar turli joylarda, mas, Eronda va boshqa joylarda M., koʻhna Xorazmda — Chiriruj, Sugʻdda esa Nimsarda nomi bilan mashhur boʻlgan. Oʻrta asrlarda Mehrjon (M.) muhim bayramlardan biri sifatida nishonlanib kelingan. Baʼzi mamlakatlarda Mehrjon davlatning rasmiy bayrami sifatida oʻtkazilgan. Shu maqsadda davlat xazinasidan mablagʻ ajratilgan, sovgʻalar tarqatilgan, yurtga osh berilgan, sayillar, musobakalar, tomoshalar uyushtirilgan. M. qad. dehqonchilik madaniyati bilan bogʻliq bayramdir. Musulmon ulamolari bu bayramni zardushtiylikka daxldor udumlar deb, oʻtkazilishiga qarshilik koʻrsatishgan. Shu boisdan boʻlsa kerak, M. bayramini nishonlash asta-sekin toʻxtagan.
20-asrning 90-yillarqsan M. dastlab Tojikistonda, soʻng Oʻzbekistonda qayta nishonlana boshlandi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |