Mehtar (fors. — ulugʻ, janob) — saroy mansablaridan biri. Somoniylar davlatida boobroʻ shaxslar, davlat arkonlari. Baʼzi manbalarda M. "qishloq oqsoqoli" yoki "otboqar, sayis" — maʼnolarida ham qoʻllangan. Buxoro xonligida M. hukmdorga yaqin 4 davlat mansabdorlaridan ikkinchisi boʻlib, baʼzan u oliy farmonga muvofiq, saroyga otdan tushmagan holda kirishga haqli hisoblangan. M. zimmasiga zakotdan, shuningdek, tovar, aqcha, don, chorva singari tushumlarning qonunga binoan, zarur oʻrinlarda ishlatishni nazorat qilish vazi-fasi yuklatilgan; 2) Qoʻqon va Xiva xonliklarida davlat xazinachisi; 3) oʻtmishda xon saroyida xizmat qiluvchi surnaychi, karnaychi, nogʻorachi va doirachilardan iborat sozandalar guruhining yetakchisi va boshligʻi. M.lar eng mohir, tajribali, maxsus surnay yoʻllarini va nogʻora usullarini puxta egallagan ustoz surnaychi yoki nogʻorachilardan tayinlangan. Xalq orasida tarqalgan qoʻgʻirchoq oʻyinlari tomoshalariga joʻr boʻluvchi, shuningdek, toʻybazmlarda, milliy bayramlarda, sayillarda ishtirok etuvchi surnaykarnay-nogʻora dastasining boshligʻi ham M. deb yuritilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil